Jizzax viloyatida 2022 yil yanvar-sentyabr oylarida hokim yordamchilari faoliyati

Jizzax viloyatida 2022 yil yanvar-sentyabr oylarida hokim yordamchilari faoliyati

Hokim yordamchilari tomonidan 2022 yilning 9 oyi davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

241,1 ming xonadon xatlovdan o‘tkazilib, xonadonlar ijtimoiy va moliyaviy holatiga ko‘ra 4 guruhga bo‘lindi. 1-guruh - daromad topshiga ishtiyoqmand va daromadi kam (12,0 mingta xonadon), 2-guruh – daromadi bor, lekin ko‘paytirish istagi mavjud (144,4 ming), 3-guruh – boquvchisini yo‘qotgan, nogiron, ijtimoiy himoyaga muhtoj (13,0 ming) va 4-guruh – o‘ziga to‘q va yashash sharoiti yaxshi (71,8 ming) xonadonlar toifalariga bo‘lindi.

Hokim yordamchilari ishtirokida 120,1 ming nafar kishi ish bilan ta’minlandi, ularning 57 foizi o‘z-o‘zini band qilish bilan, 23 foizi doimiy ish joyi va 6 foizi jamoat ishlariga joylashdi.

1629 nafar ijtimoiy muhtoj aholiga 5,7 mlrd so‘m mablag‘ subsidiya shaklida ajratildi.

250 km yo‘llarda asfalt, 729 km yo‘llarda shag‘alashtirish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

250 ta mahallalarda 136,6 mlrd. so‘mli gaz, ichimlik suvi, elektr ta’minotiga bog‘liq loyihalar amalga oshirildi. (IZOH: Byudjet mablag‘lari, ta’minotchi korxonalar, open byudjet va homiylik mablag‘lari hisobidan).

Hisobot davrida 6 457 ta tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etilib, ularning 3 778 tasi yuridik maqomga ega, 2 679 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yektlari.

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 17 682 ta xonadonga 407,7 mlrd.so‘m mablag‘ o‘zlashtirildi.

Ishga tushgan jami loyihalar 552 ta bo‘lib, 141,3 mlrd.so‘m o‘zlashtirildi, 2 138 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Yil yakuniga qadar loyihalar sonini 1029 taga yetkazish va 5000 ta ish o‘rinlari yaratish reja qilingan.

Oilaviy tadbirkorlik doirasida 18 391 ta xonadonga parranda tarqatildi. 1 105 ta xonadonga 27,5 ming bosh quyon va 1 019 ta xonadonga 15,9 mingta asalari uyalari berildi.

Feruz Raximov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jizzax filiali
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar