Infografika: Jizzax viloyatida 2022 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish istiqbollari

Infografika: Jizzax viloyatida 2022 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish istiqbollari

Viloyatda xizmatlar sohasini rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ishlab chiqilgan.

Viloyatda 2022 yilda 9 984,6 mlrd.so‘mlik xizmatlar ko‘rsatiilib, 2021 yilga nisbatan 150,8 foizga o‘sishi rejalashtirilgan.

Ushbu o‘sishga erishish uchun joriy yilda quyidagi chora-tadbirlar va loyihalar qilinishi ko‘zda tutilgan:

  • 2 127 ta yangidan xizmat ko‘rsatish ob’yektlari tashkil etish;
  • Yangidan tashkil etiladigan 17 ta savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda 622 ta xizmat, savdo va umumiy oqatlanish ob’yektlari tashkil etish;
  • M-39 va A-376 Xalqaro yo‘llarda 9,97 ga yer maydonlarini xizmat ko‘rsatish ob’yektlariga ajratish;
  • Xizmat ko‘rsatish sohasida aksariyat tadbirkorlik sub’yektlariga 1%li ijtimoiy soliq joriy etish;
  • Mehmonxona va maydoni 5 ming kvadrat metrdan ko‘p bo‘lgan savdo komplekslarining yer va mulk soliqlarini 90 foizga kamaytirish;
  • Arnasoy, Forish va Zomin tumanlarining turizm hududlarida tashkil etiladigan xizmatlarga 1 foizli aylanma solig‘i joriy etish;
  • Uyali aloqa kompaniyalari uchun aksiz solig‘i 10 foiz qilib beliglash (kamaytirish);
  • Antenna-machta o‘rnatish va joylashgan yer maydoni uchun yer ma mulk solig‘idan ozod etish;
  • IT Park masofaviy xizmatlarini joriy etish, OTMlarda startap inkubatsiya markazlarini tashkil etish, jamoat transportini rivojlantirish, kasbga o‘rgatish, xususiy klinikalarni rivojlantirish, muzeylarga xorijiy mutaxassislarni jalb etish kabi chora tadbirlar belgilab olingan.

Feruz Raximov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jizzax filiali Bosh ilmiy xodimi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar