Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jizzax filiali ekspertlari Prezident huzuridagi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida 2023 yilning 1-choragi davomida viloyatning asosiy kapitalga investitsiyalar ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahliliy ma’lumot tayyorladi.
1-chorak davomida Jizzax viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar 1 820,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tahlil qilinganda, o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 30 foizi korxona va aholi mablag‘lari, 49 foizi xorijiy investitsiyalar, 11 foizi davlat byudjeti va 10 foizi bank krediti va boshqa qarz mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida ishlab chiqarish, ya’ni, mashina, asbob-uskunalar va inventarlar xarajatlari 38,4 foizni, noishlab chiqarish - qurilish-montaj ishlari xarajatlari 54,5 foizni tashkil etdi.
O‘zlashtirilgan investitsiyalarning 48 foizi (872 mlrd so‘m) Forish tumaniga, 16 foizi (290 mlrd so‘m) Jizzax shahriga to‘g‘ri keladi.
Feruz Rahimov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish