2023 yil yanvar-mart holatiga Jizzax viloyati tarmoqlar kesimida o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati 7 853,9 ming so‘m, Axborot va aloqa 6 553,3 ming so‘m, Tashish va saqlash 4 735,2 ming so‘m, Qurilish 3 600,5 ming so‘m va Sanoat 3 316,6 ming so‘mni tashkil etib, eng past ko‘rsatkichlar Savdo 2 305,2 ming so‘m, Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi 2 760,1 ming so‘m, Ta’lim 2 784,4 ming so‘mni tashkil etdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi – qurilish sohasiga to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish darajasi 187,7%ni tashkil etdi.
Axborot va aloqa sohasi 154,2%, tashish va saqlash 153,7%, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish 121,2%, sanoat 119,9%, ta’lim 115,5% ga o‘sganligini ko‘rish mumkin.
Sanoatning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash (5 347,7 ming so‘m), ishlab chiqarish sanoati (2 943,4), tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘i (2 398,9)da kuzatildi.
Sanoat iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Zafarobod (6 300,2 ming so‘m), Forish (3 689,4) Zarbdor (3 675,0), Jizzax shahrida (3 376,5) kuzatildi.
Qurilish faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Zomin (5 016,6 ming so‘m), Mirzacho‘l (3 423,7), Jizzax shahri (2 570,0) hamda G‘allaorol (2 100,0) tumanida qayd etildi.
Savdo faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Baxmal (2 707,8 ming so‘m), Sh.Rashidov (2 432,8) hamda Jizzax shahrida (2 200,7) qayd etildi.
Tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi G‘allaorol tumani (8 682,3) va Jizzax shahrida (2 076,6) kuzatildi.
Axborot va aloqa faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Jizzax shahri (6 882,3 ming so‘m), Forish (3 193,9), G‘allaorol (2 806,5) hamda Zarbdor va Arnasoy (2 500,0) tumanlarida kuzatildi.
Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Yangiobod (7 929,6), Jizzax shahri (7 919,2) hamda Do‘stlik (3 130,9) tumanida qayd etildi.
Ta’lim sohasi bo‘yicha bir qator tumanlarda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining viloyat o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichi Jizzax shahri (3 752,6 ming so‘m), Zarbdor (3 147,5), Baxmal (2 796,3) tumanida kuzatildi.
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi bo‘yicha bir qator tumanlarda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining viloyat o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichi Jizzax shahri (3 041,3 ming so‘m), Zafarobod (3 034,4), Mirzacho‘l (3 032,3) tumanida kuzatildi. Shu bilan bir qatorda, viloyatning ba’zi tumanlari ta’lim sohasidagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichi viloyat darajasidan past bo‘ldi. Baxmal (2 215,1 ming so‘m), Forish (2 254,9) hamda Yangiobod (2 421,4) tumanlarida qayd etildi.
Izoh qoldirish