Kamida 1000 ta ish o‘rinli yangi tikuvchilik-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkil etiladi

Kamida 1000 ta ish o‘rinli  yangi tikuvchilik-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkil etiladi

“To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2020 yil 1 sentyabrga qadar jahon brendlarini jalb qilgan holda tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan investitsiya loyihalari tasdiqlanadi.

Bunda har bir yangi tikuvchilik-to‘qimachilik ishlab chiqarishi, qoida tariqasida, mashhur xalqaro brendlar mahsulotlarini realizatsiya qilish va kamida 1000 ta ish o‘rnini tashkil etishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar