Konchilik ishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda

Konchilik ishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda

Sababi – bu noyob kasb egalarini tayyorlash juda katta mablag‘, moddiy-texnik baza va laboratoriyalarni talab etadi. Mazkur mamlakatlar soni oz bo‘lib, ularning qatoriga AQSh, Xitoy, Hindiston, Rossiya hamda Yevropa mamlakatlari kiradi. Ana shunday davlatlar ro‘yxatiga O‘zbekiston ham qo‘shildi.

2024 yil O‘zbekiston tog‘-konchiligi va oliy ta’lim tizimida yangi burilish davri bo‘ldi. O‘tgan mustaqillik davrida mamlakatimizda ilk bor butun dunyoda noyob hisoblangan “Kon muhandis”lari tayyorlandi.

Gap shundaki, joriy yilning 17 fevral kuni Olmaliq shahridagi Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISIS” filialida “Ochiq kon ishlari”, “Foydali qazilmalarni yer ostida qazib olish”, “Konchilik mashinalari va jihozlari”, “Foydali qazilmalarni boyitish” ixtisosliklari bo‘yicha besh yarim yil ta’limdan so‘ng ilk 74 nafar talabaga “Kon muhandislari” diplomlari topshirildi.

Tantanali marosimda “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari S.Shermatov, O‘zbekiston Respublikasidagi “Rossotrudnichestvo”ning rahbari I.Staroselskaya, Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISIS”ning prorektori V.Petrov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimlari hamda Filialning hamkor korxona va tashkilotlarning raxbarlari ishtirok etdi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISIS” Olmaliq filiali 2018 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinlarning tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, bugunga qadar tog‘-konchilik sohasida 241 ta mutaxassis tayyorlangan.

Hozirda filial ta’lim sifatini oshirish maqsadida, 30 dan ortiq horijiy ilmiy-tadqiqot institulari hamda metallurgiya kompaniyalari bilan hamkorlik qilmoqda. Ular qatorida Rossiya fanlar akademiyasi, Qozog‘iston milliy fanlar akademiyasi, “StalProyekt”, “Metallurgiya” institutlari hamda “Nord Engineering”, “Kanex Group”, “China ENFI Engineering Corporation”, “Norilskiy Nikel” kombinati, “Sredazsvetmetenergo” kompaniyasi va boshqalar.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar