Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgarishlar, ularning qonuniy asoslari ekspertlar tomonidan tahlil qilindi (+video)

Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgarishlar, ularning qonuniy asoslari ekspertlar tomonidan tahlil qilindi (+video)

2022 yil 10 iyun kuni Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari, ekspertlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishdan so‘ng Xalqaro press-klubda "Yangi O‘zbekistonning yangi konstitutsiyasi" mavzusida jonli sessiya bo‘lib o‘tdi.

Unda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktor o‘rinbosari Muhsinjon Xolmuhamedov ham ishtirok etdi. Markaz eksperti sessiyada «Meningkonstitutsiyam.uz» elektron platformasi orqali va boshqa tarmoqlardan kelgan, eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflar, eng ko‘p taklif yuborgan fuqarolar va eng ko‘p takrorlangan so‘zlar yuzasidan to‘xtalib o‘tdi.

– «Meningkonstitutsiyam.uz» elektron platformasiga statistika bo‘yicha 14 mingga yaqin takliflar kelib tushgan. Buni miqdoriy tahlil usullari yordamida analiz qilib ko‘rdik. Analizda fuqarolarimizni qiziqtirgan, fuqarolarimiz ma’qullagan eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflar reytingni chiqardik. Undan tashqari, ba’zi fuqarolarimiz juda faol bo‘lgan va ko‘plab takliflar bergan. Ularning ham reytingini ko‘rib chiqdik.

Eng ko‘p taklif yuborgan fuqarolar

F.I.Sh.

Takliflar soni

Umumiy ovozlar soni

Bir taklif uchun o‘rtacha ovozlar (ballar)

Bahodir Kosimov

24

53

2

Serikbek Muratayev

23

20

1

Sardor Malikov

14

281

20

Ibroximjon Alijonov

14

126

9

Dilyorbek Rustamov

12

306

26

Shinibay Babaniyazov

10

150

15

Umid Nurmetov

10

20

2

Javlonbek O‘Razaliyev

10

-1

0

G‘ofurjon Maxmudov

9

3

0

Muxammed Ubbiniyazov

8

71

9


Shu bilan birga 60 mingga yaqin so‘zning ichidan eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar qaysi ekanligini matnli grafik dizaynini ishlab chiqdik, deydi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi eksperti M.Xolmuhamedov.

Matnli grafikda ko‘rish mumkinki, eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar “Davlat” – 675 marta, “Konstitutsiya” – 207 marta, “Huquq” – 463 marta, “Inson” -343 marta, “Fuqarolar” – 304 marta, “Taklif” – 256 marta, “Qonun” – 221 marta, “Prezident” – 162 marta, “Ta’lim” – 155 marta, “Muvofiq” – 110 marta, “Tuman”, “Ijtimoiy” - 109 marta, “Jamoat” – 105 marta takrorlangan.

Shuningdek, mutaxassisning ta’kidlashicha, ovozlar soniga ko‘ra, “Maktab formasi” – 303 ta, “Korrupsiya” – 269 ta, “Xorijdan kirib kelayotgan avtomobillar uchun bojxona to‘lovini minimal darajaga pasaytirish” – 219 ta, “8 soatlik ish vaqtini ta’minlash” – 215 ta, “Hokimlarni umumxalq ovozi bilan saylash” – 205 ta, “Jinsiy zo‘ravonlikka qarshi” – 205 ta, “Hokimlarni baholash” – 156 ta, “Tergov jarayonini onlayn ko‘rib turishga imkoniyat yaratish” – 146 ta, “Mehnat sharoitlarini yaxshilash” – 139 ta, “Sog‘liqni saqlash tizimida yagona elektron baza shakllantirish” – 139 ta, “Hokimlarni saylash” – 129 ta, “Davlat boshqaruvidagi ochiqlik darajasi” – 122 ta ovoz yiqqan.

Eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflar

TAKLIFLAR YO‘NALIShI

OVOZLAR SONI

Maktab formasi

303

Korrupsiya

269

Xorijdan kirib kelayotgan avtomobillar uchun bojxona to‘lovini minimal darajagacha pasaytirish

219

8 soatlik ish vaqtini ta’minlash

215

Hokimlarni umumxalk ovozi bilan saylash

205

Jinsiy zo‘ravonlikka qarshi

205

Hokimlarni baholash

156

Tergov jarayonini onlayn ko‘rib turishga imkoniyat yaratish

146

Mehnat sharoitlarini yaxshilash

139

Sog‘liqni saqlash tizimida yagona elektron baza shakllantirish

139

Hokimlarni saylash

129

Davlat boshqaruvidagi ochiqlik darajasi

122

E’tiborlisi, aholi tomonidan kelib tushgan takliflarning salmoqli qismini shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishga doir takliflar tashkil etmoqda.

Qayd etilganidek, jamoatchilik bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarning fikr-mulohazalarini o‘rganish Konstitutsiyaviy komissiya faoliyatining bosh mezoniga aylandi. Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari kelib tushgan takliflarni yig‘ish, umumlashtirish va yakuniy takliflarni shakllantirish hamda shu asosda tegishli qonun loyihasini ishlab chiqishga bor kuch-g‘ayrat, salohiyatini safarbar qilmoqda.

Bu jarayonda ilmiy-tadqiqot muassasalari, tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari, soha ekspertlarining xizmati va o‘rni muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yig‘ma axborot-tahlil guruhining tajribali a’zolari, olimlar, malakali mutaxassis va ekspertlari kelib tushgan va umumlashtirilgan takliflar yuzasidan o‘z xulosa, tavsiyasini tayyorlab bermoqda.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar