Ichki valyuta bozorida xorijiy valyutadagi umumiy taklif hajmi 2021 yilning I yarim yilligida 9,8 mlrd. AQSh dollarini (Markaziy bank intervensiyalarini hisobga olmagan holda) tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobarga o‘sdi (2020 yilda – 6,0 mlrd. AQSh doll., 2019 yilda - 5,1 mlrd. AQSh dollar). Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.
2021 yilning birinchi yarim yilligida ichki valyuta bozoridagi holat xorijiy valyutaga bo‘lgan taklif va talab hajmining o‘sishi sharoitida shakllandi.
Xususan, mazkur davrda:
- xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan 4,6 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi chet el valyutalari sotilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 1,7 barobarga oshdi (2020 yilda – 2,7 mlrd. AQSh doll.);
- banklar va jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutalari miqdori 3,7 mlrd. AQSh dollarini (2020 yilda – 2,4 mlrd. AQSh doll.);
- Davlat markazlashgan resurslari hisobidan sotilgan chet el valyutalari miqdori 1,5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi (2020 yilda – 930 mln. AQSh doll.).
Ichki valyuta bozoridagi taklif manbalari
(mln. AQSh doll.)
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida ichki valyuta bozori operatsiyalarida talabning umumiy hajmi 11,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, 2019 va 2020 yillarning tegishli davrlariga nisbatan 1,7 va 1,4 barobarga o‘sdi.
Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning umumiy talabdagi ulushi 2021 yilda 18 va 82 foizlarni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilning tegishli davrida bu ko‘rsatkich mos ravishda 21 va 79 foiz nisbatida bo‘lgan.
Ichki valyuta bozori segmentlari kesimida chet el valyutasiga bo‘lgan talabning o‘zgarish dinamikasi
(mln. AQSh doll.)
-
Yuridik shaxslar bilan amalga oshirilgan valyuta operatsiyalari
Yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasiga bo‘lgan talab 2021 yilning dastlabki 6 oyligida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 43 foizga o‘sib, 9,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi (2020 yil yanvar-iyun oylari - 6,5 mlrd. AQSh doll.).
Shuningdek, ushbu davrda yuridik shaxslar tomonidan ichki valyuta bozorida 7,8 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi xorijiy valyutalar sotilib, bu ko‘rsatkich 2020 yilning shu davriga nisbatan 1,8 barobarga ko‘pdir. (2020 yil I yarim yilligida - 4,3 mlrd. AQSh doll.).
2021 yil yanvar-iyun oylarida banklarning yuridik shaxslar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri operatsiyalari hajmi dinamikasi
(mln. AQSh doll.)
Valyuta bozorida chet el valyutasining asosiy qismi (56 foizi) ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, tovarlar va xomashyo importi, 21 foizi – xorijiy kreditlarni so‘ndirish, 20 foizi – xalq iste’moli tovarlari va dori-darmon mahsulotlari importi, 1 foizi – xorijiy investorlar daromadlarining repatriatsiyasi va qolgan 2 foizi – boshqa maqsadlar uchun xarid qilingan.
2019 - 2021 yillarning yanvar-iyun oylari davomida chet el valyutasini sotib olish maqsadlari tarkibi
(foizlarda)
2021 yilning yanvar-iyun oylarida importni moliyalashtirish manbalari tarkibida ichki valyuta bozorida sotib olingan mablag‘lar (konvertatsiya) ulushi 58 foizni, xorijiy valyutadagi o‘z mablag‘lari hisobiga importni moliyalashtirish ulushi 24 foizni tashkil etdi. 2020 yilning tegishli davrida ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 57 va 21 foizga teng bo‘lgan.
2020-2021 yillarning yanvar-iyun oylari davomida importni moliyalashtirish manbalari
(foizlarda)
2021 yilning yanvar-iyun oylarida ichki valyuta bozorida chet el valyutasini xarid qilgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning oylik o‘rtacha soni 9053 tani tashkil etib, 2019 va 2020 yillarning mos davriga nisbatan 47 va 48 foizga oshgan (2019 yilda – 6153 ta, 2020 yilda – 6253 ta).
-
Jismoniy shaxslar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar
Hisobot davrida jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 3,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga (2020 yilda - 2,2 mlrd. AQSh doll.) oshdi.
Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan 2,0 mlrd. AQSh dollari sotib olinib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobar (2020 yilda - 1,7 mlrd. AQSh doll.) o‘sdi.
2019 - 2021 yillar yanvar-iyun oylarida jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi
(mln. AQSh doll.)
Joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga kelib tushgan valyuta mablag‘lari hajmi 3,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobarga oshdi.
2019 - 2021 yillar yanvar-iyun oylarida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga kelib tushgan valyuta mablag‘lari hajmi
(mln. AQSh doll.)
Almashuv kursi dinamikasi
Joriy yilning I yarim yilligida milliy valyutaning almashuv kursi dinamikasi ichki valyuta bozoridagi talab va taklifning fundamental faktorlari hamda tashqi omillar ta’sirida shakllandi.
Xususan, hisobot yili boshidan milliy valyuta kursi 1,2% ga, iyun oyida esa 0,2% ga qadrsizlandi.
2021 yil yanvar-iyun oylarida AQSh dollarining O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan rasmiy kursi dinamikasi
(so‘m/AQSh doll.)
Izoh qoldirish