Hujjat eski tahririda 1995 yildan buyon, deyarli 24 yil amal qilgan. 2018 yilning yanvar oyida qator tizimli muammolar: MBning mavjud boshqaruv va risk-menejment sifatiga ta’sir qilish mexanizmlarining takomillashmaganligi, bank faoliyatiga ma’muriy aralashuv, bank nazoratini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar bois Markaziy bankda islohotlar boshlandi.
Prezidentning 2018 yil 9 yanvardagi Farmoni bilan regulyator faoliyatining strategik maqsadli yo‘nalishlari qayd etilgan edi: narxlar barqarorligi, bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi, to‘lov tizimi barqarorligi va rivojlanishini ta’minlash. Farmonda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida uning faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. MBga ko‘proq mustaqillik berish maqsadida u Hukumat mutasaddilik qiladigan organlar ro‘yxatidan chiqarildi.
Markaziy bank to‘g‘risidagi yangi qonun hujjati «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi, «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi va «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi qonunlar to‘plamida qabul qilindi hamda ular bilan kompleksda ko‘rib chiqilishi kerak. Ushbu hujjatlarda takroriy normalar, xususan, MBning nazorat va boshqaruv vakolatlari hamda uning bank sektori va to‘lovlar sohasidagi funksiyalari, shu jumladan u tomondan ko‘riladigan choralar va sanksiyalarga taalluqli bir-birini takrorlovchi normalar talaygina. Markaziy bankning pul-kredit siyosati, mamlakatda to‘lovlarni amalga oshirish, valyutani tartibga solish va nazorat qilish to‘g‘risidagi boblar bir-biriga mazmun jihatdan yaqin.
Sanab o‘tilgan hujjatlar kabi MB to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri ham batafsillashtirish va aniqlashtirish darajasi, havolaki va blanket normalarni kamaytirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat qilinishi bilan farqlanadi. Masalan, unda regulyatorning kredit tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlari va ularning xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish choralari ochib berilgan.
Bir qator normalar MB xodimlariga taalluqlidir. Ular boshqa haq to‘lanadigan faoliyat (ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari) bilan shug‘ullanishi, bankning boshqaruv organlariga va boshqa tijoriy tuzilmalarga kirishi taqiqlangan, xizmatga doir ma’lumotlarni sir saqlashga majburlar. Xodimlar tadbirkorlik sub’yektlarining, shu jumladan kredit va to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimi operatorlari, valyuta birjalari, kredit byurolari, bank xizmatlari autsorserlari va konsolidatsiyalashgan nazorat ostida bo‘ladigan sub’yektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirishlarda ishtirok etmaydilar.
MB xodimlari huquqiy jihatdan himoya qilinishi kafolatlangan – ular o‘z lavozim majburiyatlarini insofsizlik bilan bajarganligi uchun javobgar bo‘ladilar. Markaziy bank xodimlarning faoliyati yuzasidan olib boriladigan sud ishlarida, endi bankda ishlamayotgan bo‘lsalar ham ularning manfaatlarini himoya qilish xarajatlarini o‘z zimmasiga oladi.
Izoh qoldirish