Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020 yil 15 dekabr holatiga ko‘ra aholining iste’mol savatchasidagi oziq-ovqat narxlari indeksini ishlab chiqildi.
Ma’lumot uchun: indeks go‘sht va sut mahsulotlari (mol go‘shti, qo‘y go‘shti, parranda go‘shti, sut, tuxum), sabzavotlar (piyoz, karam, pomidor, sabzi, bodring, kartoshka), mevalar (olma, nok), poliz mahsulotlari (tarvuz, qovun, qovoq, uzum), dukkakli ekinlar (no‘xat, loviya, mosh), guruch, un, makaron, sabzavot, sariyog‘ va shakar kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini hisobga olgan holda hisoblandi.
Yagona indeksni tuzishda, mamlakat aholisining iste’mol odatlarini tavsiflovchi og‘irliklar qo‘llanildi (ya’ni, aholi o‘rtasida ushbu mahsulot qancha ko‘p iste’mol qilinsa, uning og‘irligi shuncha yuqori bo‘ladi).
Natijada quyidagilar aniqlandi:
2020 yil 15 dekabr holatiga respublikada oziq-ovqat narxlari o‘tgan haftaga nisbatan o‘sish sur’ati +1,58% ni tashkil qildi (1-rasm).
1-rasm. Iste’mol savatidagi oziq-ovqat mahsulotlar narxlarining o‘sish sur’ati dinamikasi (%)
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi (DSQ) tezkor ma’lumotlari asosida muallif hisob-kitoblari
O‘tgan hafta bilan taqqoslaganda bug‘doy uni va sabzi narxlarida pasayish kuzatildi, (1-jadval).
Ma’lumot uchun: bug‘doy unining narxi 1 kilogramm uchun o‘rtacha respublika bo‘yicha -0,1% yoki 4458 so‘mni tashkil etdi. Sabzining o‘rtacha narxida xam pasayish (-0,1%) kuzatilib, 1 kilogramm sabzi narxi 2058 so‘mga teng bo‘ldi. Ta’kidlab o‘tish joiz, o‘tgan hafta bilan taqqoslaganda mol go‘shti narxi o‘zgarmadi va 1 kilogramm uchun respublikada o‘rtacha 58305 so‘mga teng bo‘ldi, (1-jadval).
Mevalar va sabzavotlar narxi o‘tgan haftaga nisbatan o‘sishda davom etmoqda, (1-jadval).
Ma’lumot uchun: bodring (+12,0%) va pomidor (+3,5%) kabi sabzavotlarning narxi o‘tgan haftaga nisbatan oshdi, va mos ravishda 17092 so‘m va 9281 so‘mga teng bo‘ldi. Uzumning o‘rtacha narxi +5,4% ga oshdi va 14382 so‘mni tashkil etdi, , (1-jadval).
Tuxum (+2,0%)narxi 10 dona uchun 11084 so‘mga teng bo‘ldi. Kartoshka (+0,9%), o‘simlik yog‘i (+0,5%), va shakar (+0,4%) kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida sezilarli o‘sish kuzatilmadi, (1-jadval).
1-jadval. 15 dekabr holatiga O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘tgan haftaga nisbatan o‘sishi yoki pasayishi
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi (DSQ) tezkor ma’lumotlari asosida muallif hisob-kitoblari
Izoh qoldirish