Ishchi guruh Qo‘qonning 78 ta mahallasida 61 mingdan ziyod xonadonlar muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini o‘rganish va hal etish, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy ishlar olib bormoqda.
Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda qator vazirlik va idora vakillaridan tashkil topgan Ishchi guruh o‘rganishlari davomida aholi tomonidan 5,2 mingdan ziyod masala bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, bugunga qadar ularning 81% ga yaqini bartaraf etildi.
Murojaatlardan kelib chiqqan holda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 1 mingdan ziyod ijtimoiy soha ob’yektlari atroflicha o‘rganildi. Aniqlangan 691 ta muammoli masalalardan 352 tasi tezkorlik bilan bartaraf etildi. Qolganlari bo‘yicha ta’mir va obodonlashtirish ishlari o‘z yakuniga yetmoqda.
Xususan, o‘rganish natijasida jami 33 ta ta’lim tashkilotlari, jumladan, 15 ta maktab hamda 18 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olinib, hozirgi kunda qayta qurilgan va ta’mirlangan 30 ta muassasalar foydalanishga topshirildi va 3 ta muassasada ta’mirlash ishlari yakunlanish jarayonida. Olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari bo‘yicha kunlik nazorat o‘rnatilgan.
Bundan tashqari, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida ichki yo‘llarning 15,8 km asfaltlandi, 2,5 km piyodalar yo‘lagi barpo etildi. Elektr ta’minoti talab darajasida bo‘lishi uchun 20 ta TPlar ta’mirlandi, 120 ta simyog‘ochlar almashtirildi, 16,9 km uzunlikdagi yangi SIP kabellar tortildi, qo‘shimcha ravishda 57 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Gaz ta’minoti bo‘yicha 37 ta GRP kapital ta’mirlandi, 12,5 km gaz tarmoqlari yangilandi, 2 mingga yaqin xonadonga qo‘shimcha suyultirilgan gaz balloni yetkazib berildi. Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 66 ta nosozliklar joyida bartaraf etildi.
Ko‘p qavatli uylar xolatini yaxshilash bo‘yicha 48 ta uyning 905 kv.metr tom qismi, 73 ta uylarning fasadi, 37 ta uylarning yerto‘lasi, 32 ta uylarning kirish yo‘laklari ta’mirlandi. Uylar atrofiga basketbol va voleybol maydonlari barpo etildi. Mahalladagi bolajonlar uchun 2 ta bolalar maydonchasi to‘liq ta’mirlandi, 2 ta avtomobillar va 1 ta piyodalar ko‘prigi o‘rnatildi.
O‘rganishlar natijasida aniqlangan 69 ta og‘ir sharoitda yashab kelayotgan fuqarolarning uylari quruvchi tashkilotlar va homiylar hisobidan bepul ta’mirlab berildi.
Sektorlar rahbarlari, “mahalla yettiligi” bilan “Sayxunobod tajribasi” asosida 406 ta mikroloyihalar amalga oshirildi, natijada 1 mingga yaqin fuqaro doimiy ish bilan band qilindi. Xususan, mahallalarda yangi tashkil etilgan tikuv sexlarida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli bitirib kelib, subsidiya asosida ishlab chiqarish dastgohlariga ega bo‘lgan ayol-qizlar ish bilan ta’minlandi.
Hokim yordamchilari hamda bank vakillari bilan hamkorlikda “Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash”, “Oilaviy tadbirkorlik” dasturlari doirasida 375 nafar fuqaroga 9 mlrd so‘mga yaqin miqdorda imtiyozli kreditlar ajratildi. Uch yuz nafar fuqaroga “Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida 4.2 mlrd so‘m miqdorida imtiyozli mikroqarzlar ajratib berildi.
Respublika ishchi guruhi “mahalla yettiligi” bilan hududlarning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda 1,2 mingdan ziyod aholi bandligi ta’minlandi va 185 nafarining tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari ham Ishchi guruh e’tibori markazida bo‘ldi. Jumladan, 2,2 ming nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga manzilli yordamlar ko‘rsatildi. Ularga moddiy yordamlar, bepul dori-darmonlar, protez-ortopediya moslamalari, reabilitatsiya vositalari, nogironlik aravachalari kabi ko‘plab turdagi vositalar yetkazildi.
Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.
Izoh qoldirish