2021 yilgi Investitsiya dasturiga 1,7 milliard dollar ajratiladi

2021 yilgi Investitsiya dasturiga 1,7 milliard dollar ajratiladi

Bu haqda Prezident 2021 yilda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilishda ma’lum qildi.

Yig‘ilishda investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, joriy yilda Investitsiya dasturi doirasida 1 ming 752 ta ob’yekt uchun qariyb 18 trillion so‘m byudjet mablag‘lari ajratiladi.

Bu mablag‘lardan oqilona foydalanish, loyiha hujjatlarini puxta ishlab chiqish va qurilishlar sifatini ta’minlash bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar