Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning murojaatlari asosida faoliyati shubhali deb topilgan korxonalar reyestridagi 396 ta tadbirkorlik sub’yekti bilan amalga oshirilgan bitimlarni o‘rganib chiqish uchun tezkor ravishda kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.
Ushbu masalalar yuzasidan har bir hududda ishchi guruhlari tashkil etilgan.
Hozirgacha shubhali korxonalar bilan «soxta» operatsiyalarni amalga oshirgan 7 990 ta tadbirkorlik sub’yekti aniqlandi.
Ushbu noqonuniy operatsiyalar –
🔹qurilish sohasida – 35% (201,9 mlrd so‘m),
🔹savdo sohasida – 25% (467,8 mlrd so‘m),
🔹ishlab chiqarish sohasida – 18% (96,7 mlrd so‘m),
🔹xizmat ko‘rsatish sohasida – 14% (69,5 mlrd so‘m)
🔹boshqa yo‘nalishlarda – 8% (83,5 mlrd so‘m)ni tashkil etdi.
Xususan, joriy yilning 21 fevral holatiga respublikamiz bo‘yicha jami 2 534 ta korxonada 534,6 mlrd so‘mlik asossiz hisob (zachet)ga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summalariga aniqlik kiritish bo‘yicha kameral soliq tekshiruvlari yakunlandi.
Natijada –
«Soxta» operatsiyalar faktlari (498,9 mlrd so‘m) tasdiqlandi:
– qurilishda 943 ta tadbirkorlik sub’yekti (93,5 mlrd so‘m);
– savdoda 658 ta tadbirkorlik sub’yekti (271,8 mlrd so‘m);
– xizmat ko‘rsatishda 293 ta tadbirkorlik sub’yekti (30,6 mlrd so‘m);
– ishlab chiqarishda 344 ta tadbirkorlik sub’yekti (42 mlrd so‘m);
– boshqa yo‘nalishlarda 154 ta tadbirkorlik sub’yekti (60,8 mlrd so‘m).
QQS summasini noqonuniy hisob (zachet)ga olish fakti ayrim hollarda qisman tasdiqlandi (8,1 mlrd so‘m):
– qurilishda 22 ta tadbirkorlik sub’yekti (3,2 mlrd so‘m);
– savdoda 23 ta tadbirkorlik sub’yekti (4,1 mlrd so‘m);
– xizmat ko‘rsatishda 8 ta tadbirkorlik sub’yekti (507 mln so‘m);
– ishlab chiqarishda 3 ta tadbirkorlik sub’yekti (254,6 mln so‘m);
– boshqa yo‘nalishlarda 1 ta tadbirkorlik sub’yekti (3,3 mln so‘m).
QQS summasini to‘g‘ri hisob (zachet)ga olinganligi bo‘yicha 27,6 mlrd so‘mlik asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etildi. Bunga asosan ortiqcha mablag‘larni qaytarish yuzasidan tezkor jarayonlar boshlandi:
– qurilishda 27 ta tadbirkorlik sub’yekti (3,5 mlrd so‘m);
– savdoda 31 ta tadbirkorlik sub’yekti (11,8 mlrd so‘m);
– xizmat ko‘rsatishda 11 ta tadbirkorlik sub’yekti (1,1 mlrd so‘m);
– ishlab chiqarishda 11 ta tadbirkorlik sub’yekti (9,7 mlrd so‘m);
– boshqa yo‘nalishlarda 5 ta tadbirkorlik sub’yekti (1,5 mlrd so‘m).
Kameral soliq tekshiruvlari jarayonida 118 ta korxona tomonidan QQS summasini to‘g‘ri hisob (zachet)ga olish bilan bog‘liq boshqa huquqbuzarliklar ham aniqlanib, ularga nisbatan 5,3 mlrd so‘mlik soliqlar qo‘shimcha hisoblandi:
– qurilishda 37 ta tadbirkorlik sub’yekti (2,7 mlrd so‘m);
– savdoda 57 ta tadbirkorlik sub’yekti (2,1 mlrd so‘m);
– xizmat ko‘rsatishda 11 ta tadbirkorlik sub’yekti (317,4 mln so‘m);
– ishlab chiqarishda 12 ta tadbirkorlik sub’yekti (42,8 mln so‘m);
– boshqa yo‘nalishlarda 1 ta tadbirkorlik sub’yekti.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish davom etmoqda.
Izoh qoldirish