Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2022 yil 1-yarim yillik yakunlari

Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2022 yil 1-yarim yillik yakunlari

2022 yilning yanvar-iyun oylarida viloyatning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 9 559,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Viloyatda jon boshiga to‘g‘ri keladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 3 245,70 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,2%ga oshgan.

Yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishning eng yuqori ulushi Yangiqo‘rg‘on tumani(10,4%)ga to‘g‘ri keladi. Namangan shahri (10,1%), Namangan (10,0%) va Pop (9,8%) tumanlarining viloyat yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlaridagi ulushi yuqori ekanligi kuzatildi. Mingbuloq (5,6%) va Kosonsoy (5,1%) tumanlarining qishloq xo‘jalik mahsulotlaridagi ulushi esa past darajada.

Yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlarida tuman(shahar)larning ulushi (%)

2022 yilning 1-yarim yilligida Uychi (6,0%), To‘raqo‘rg‘on (5,1%) va Pop (4,8%) tumanlarida yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yuqori darajada o‘sgan. Kosonsoy (0,3%) va Mingbuloq (0,2%) tumanlarida yetishtirilgan yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlarida sezilarli o‘sish kuzatilmagan.

Viloyatda yetishtirilgan barcha dehqonchilik mahsulotlari 825 922 tonnani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 8%ga oshgan.

2022 yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 73,0 ming tonna go‘sht (2021 yilning mos davriga nisbatan 1,8%ga ko‘p), 332,1 ming tonna sut (4,3%ga ko‘p), 274,1 mln. dona tuxum (0,1%ga ko‘p) yetishtirildi. Shuningdek, 1 158,1 tonna baliq (11,4%ga ko‘p) ovlandi, 931 tonna jun (3,1%ga ko‘p), 2 031,5 tonna pilla (2,1%ga ko‘p) va 242,7 tonna asal (3,9%ga ko‘p) yetishtirildi.

Hisob davrida viloyatda 732 036 bosh qoramol (2021 yil mos oylariga nisbatan 2,0% ko‘p), shu jumladan 237 888 bosh sigir (2,1% ko‘p), 783 614 bosh qo‘y va echki (2,2% ko‘p), 6 642 bosh ot (2,6% ko‘p) va 5 894 849 ta parranda (11,6% ko‘p) yetishtirildi.

Viloyatda fermer xo‘jaliklari soni 7185 tani tashkil etib, fermer xo‘jaliklarining eng katta ulushi Chust (17,0%), Chortoq (14,3%) va Yangiqo‘rg‘on (12,2%) tumanlariga to‘g‘ri keladi. Kam sonli fermer xo‘jaliklari esa Namangan shahar (11 ta), Uychi (391 ta) va Uchqo‘rg‘on (426 ta) tumanlariga to‘g‘ri keladi.

Shoiraxon Nurdinova, Namangan filiali bosh ilmiy xodimi
Noralov Sherzod, NamDU 2-kurs talabasi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar