Infografika: Namangan viloyatining 2022 yilgi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari

Infografika: Namangan viloyatining 2022 yilgi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari

2022 yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 41,1 trln.so‘mni tashkil etib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 6,6%ga o‘sdi. YaHM tarkibida 2021 yilning mos davriga nisbatan qishloq xo‘jaligining ulushi kamaysada, boshqa sektorlarga nisbatan yuqori ulushni (40,3%) saqlab qoldi.

YaHM tarkibida sanoat va xizmatlar ulushining ortishi kuzatilib, mos ravishda 22,3% va 37,3%ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YaHM 13 864,4 ming so‘mni tashkil etgan. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YaIMni shakllantirishda Namangan viloyatining qo‘shgan hissasi 4,6 %ni tashkil etdi.

O‘tgan yilda yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari soni 2021 yilga nisbatan sezilarli darajada kamayib, 5542 tani tashkil etdi.

Viloyatda o‘tgan yili ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari 18 241,8 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 9,4%ga o‘sish kuzatilgan. Viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining respublika sanoatidagi ulushi 3,3%ni tashkil qilgan.

Viloyatda 10 577,6 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021 yilga nisbatan o‘sish sur’ati 17,9%ni tashkil etdi. Respublika iste’mol tovarlarida viloyatning ulushi 5,4%ni tashkil qilgan.

Viloyatda 27 710,2 mlrd.so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021 yilga nisbatan 4,2%ga oshgan.

Viloyatda tashkil etilgan qurilish ishlari hajmi 6 762,3 mlrd.so‘mga yetib, 2021 yilga nisbatan 10,3%ga oshgan. Viloyatda qurilish ishlari hajmining respublika ko‘rsatkichidagi ulushi 5,2%ni tashkil qilgan.

2022 yilda chakana savdo hajmi 19 687,0 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 14,2%ga oshgan. Chakana savdoning 92,3%lik qismi kichik biznes va xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan.

Namangan viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 14 722,6 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 16,6%ga oshgan.

Tashqi savdo aylanmasi hajmi 1 276,1 mln.dollarni tashkil qilgan holda, 2021 yilga nisbatan 17,0%ga oshgan. Viloyat tashqi savdo aylanmasining Respublika jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2,6%ni tashkil qilgan.

2022 yilda amalga oshirilgan eksport va import hajmi mos ravishda 581,2 va 694,9 mln.dollarni tashkil qilib, 2021 yilga nisbatan 17,1 va 16,8%ga oshgan. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar tomonidan 3594,7 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, jami ishlab chiqarish hajmida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning ulushi 19,7%ni tashkil etdi.

Shoiraxon Nurdinova
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Namangan filiali bosh ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar