Tahlil natijalariga ko‘ra, 2023 yilning dastlabki 9 oyida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi $1 019 mln.ni tashkil etgan. Xususan, eksport xajmi $413 mln. (tovarlar - $410 mln. , xizmatlar - $3 mln.) va import xajmi $607 mln. (tovarlar - $607 mln. , xizmatlar - $0 mln.) ni tashkil qilgan. Viloyatning tashqi savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,8% (eksport – -4,8% (kamaygan), import – +20,4% (o‘sgan))ga o‘sganini ko‘rsatadi.
Xozirgi kunda Namangan viloyati dunyoning 75 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. 2023 yil yanvar-sentyabr oylarida MDH davlatlari bilan tovar va xizmatlar aylanmasi hajmi - $487 mln.ni (46,4%) va dunyoning boshqa davlatlari bilan $533 mln.ni (53,6%) tashkil qilgan.
Mamlakatlar kesimida qaralganda, viloyatning asosiy eksport ulushi Rossiya ($232 mln.), Qozog‘iston ($33 mln.), Xitoy ($30 mln.), Turkiya ($29 mln.) va davlatlari xissasiga, yuqori import ulushi esa Xitoy ($198 mln.), Rossiya ($83 mln.), Turkiya ($51 mln.) va Qozog‘iston ($47 mln.) davlatlari xissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida eksport hajmi bo‘yicha Namangan shahri ($147 mln.), To‘raqo‘rg‘on ($94 mln.) va Kosonsoy ($52 mln.) viloyatda yuqori natijalarni ko‘rsatgan. Mahsulot importida Namangan shahri ($307 mln.), To‘raqo‘rg‘on ($51 mln.) va Norin ($7 mln.) tumanlari yuqori import ko‘rsatkichlarini qayd etgan.
Eksportga yo‘naltirilgan maxsulotlarning asosiy tarkibini (qimmatbaxo metallardan tashqari) sanoat maxsulotlari (49%), xar hil tayyor maxsulotlar (25,3%), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (15,4%) tashkil etgan. Shuningdek, qiymati $229 mln.ni tashkil etuvchi 66 turdagi to‘qimachilik maxsuloti dunyoning 29 ta davlatiga eksport qilingan (umumiy eksportning 55,6%). Mashinalar va transport asbob uskunalari (31,9%), sanoat tovarlari (23,9%), oziq-ovqat va tirik hayvonlar (17,1%) importning asosiy qismini tashkil qilgan.
Bahodir Xolmirzayev
Iqtisodiy islohotlar va tadqiqotlar markazi
Izoh qoldirish