2023-yil yanvar-sentyabr oylari mobaynida Namangan viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari xajmi 12 803 mlrd. so‘mni tashkil qilib o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,5%ga o‘sgan. Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari xajmi esa 4 235 ming so‘mga etib, o‘tgan yilgiga nisbatan 107%ga ko‘paygan. Xizmatlar sohasida kichik tadbirkorlik ulushi 65,7%ni, xizmatlar sohasidagi korxona va tashkilotlar ulushi 68,5%ni tashkil etgan.
Jami ko‘rsatilgan xizmatlar tarkibida savdo (4 007 mlrd. so‘m), moliya (2 186 mlrd. so‘m), transport (2 355 mlrd. so‘m) shaxsiy xizmatlar (831 mlrd. so‘m) va xizmatlarining ulushi yuqori bo‘lgan bo‘lsa, aloqa va axborotlashtirish (661 mlrd.so‘m), ta’lim (674 mlrd. so‘m), kompyuter va maishiy tovarlarni tamirlash (362 mlrd. so‘m), yashash va ovqatlanish (333 mlrd. so‘m), sog‘liqni saqlash (290 mlrd. so‘m), ijara (206 mlrd. so‘m), me’morchilik (138 mlrd. so‘m) xizmatlarining ulushi nisbatan pastroq bo‘lgan. Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan viloyatda barcha xizmat turlari bo‘yicha (ijara xizmatlaridan tashqari) o‘sish ko‘rsatkichi qayd etilgan.
Hududlar kesimida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining asosiy qismi Namangan shahri – 5 143 mlrd. so‘m (jami xizmatlardagi ulushi - 40%), Chust – 890 mlrd. so‘m (7%) va To‘raqo‘rg‘on tumanlari – 837 mlrd. so‘m (6,5%) hissasiga to‘g‘ri kelgan. Uchqo‘rg‘on (4,8%), Norin (4,4%) va Mingbuloq (3,8%) tumanlarining viloyat jami xizmatlardagi ulushi bo‘yicha nisbatan past ko‘rsatkichlarni qayd etgan.
Bahodir Xolmirzayev
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish