Narzulla Oblomurodov: Moratoriy davrida 188 943 tup daraxt va butalarni kesishga ruxsat so‘ralgan murojaatlar kelib tushdi

Narzulla Oblomurodov: Moratoriy davrida 188 943 tup daraxt va butalarni kesishga ruxsat so‘ralgan murojaatlar kelib tushdi

AOKAda o‘tgan matbuot anjmunida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Narzulla Oblomurodov moratoriy davridagi ishlar haqida axborot berdi:

Moratoriy davrida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 4018 ta (10 oylik holatiga) murojaat kelib tushgan, murojaatlarda 188 943 tup davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga ruxsat so‘ralgan.

Shuningdek, 20 noyabr holatiga ko‘ra, jami qonunbuzarliklar soni 3 897 ta, belgilangan jarima — 4 316,1 mln so‘mni tashkil etib, shundan 2 757,4 mln so‘mi undirilgan.

Tabiatga yetkazilgan zarar — 9 787,2 mln so‘mni tashkil etib, shundan 2 942,4 mln so‘mi undirilgan.

Undirilmagan jarima va tabiatga yetkazilgan zararni undirish maqsadida 338 ta holat bo‘yicha (6 913,1 mln so‘m) to‘plangan hujjatlar tegishli organlarga (sud, prokuratura, MIB, IIB) kiritilgan.

17 ta holat bo‘yicha qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar