Iqtisodiy o‘sish birinchi navbatda raqobatbardosh ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish va ushbu maqsadlar uchun investitsiyalarni ko‘paytirish hisobiga ta’minlanadi.
Garvard universiteti tadqiqotlariga ko‘ra, bizning mamlakatimizda 50 dan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda barcha imkoniyatlar va nisbiy afzalliklar mavjud.
Xususan, neft-kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish, to‘qimachilik, charm va poyabzal, oziq-ovqat sanoati, shuningdek, "yashil iqtisodiyot" bilan bog‘liq sohalar milliy iqtisodiyotning "harakatlantiruvchi kuchiga" aylanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasidan
To‘qimachilik sanoati, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyotining eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biri bo‘lib, yuqori o‘sish sur’atlarini namoyish etishda davom etmoqda.
So‘nggi to‘rt yil ichida sohada tub o‘zgarishlar yuz berdi. Masalan, O‘zbekiston uchun tajriba tariqasida ishlab chiqarish zanjirini xom ashyodan tayyor mahsulotgacha tashkil etishning yangi shakli sifatida paxta-to‘qimachilik klasterlarini eksperimental ravishda yaratish, respublikada to‘liq qayta ishlash uchun paxta eksportini qisqartirish, to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ilg‘or tajribani jalb qilish, to‘qimachilik va kiyim-kechak mahsulotlarining xalqaro boykotini O‘zbekistondan olib tashlash va tashqi bozorda ishtirokini kengaytirish choralari.
Bularning barchasi tarmoqlar barqarorligining mustahkam zaxirasini yaratishga va mamlakat iqtisodiyotiga tushgan qiyinchiliklarni minimal yo‘qotish bilan yengishga imkon berdi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning 11 oyida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 14,4 foizga o‘sdi va 2020 yil oxirida ikki raqamli o‘sish sur’atlari saqlanib qoldi, bu o‘tgan yillarda kuzatilmagan edi. Taqqoslash uchun: 2016 yilda to‘qimachilik mahsulotlari 9 foizga o‘sdi.
Pandemiya tikuvchilik sanoatida o‘sishning pasayishi ko‘rinishida aks etdi, ammo u ham ijobiy bo‘lib, 2,9 foizni tashkil etdi. To‘g‘ri, avvalgi yillarda tikuvchilik mahsuloti har yili o‘rtacha 7 foizga oshgan. Ayni paytda to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati umumiy sanoat mahsulotining 12 foizini tashkil etadi. "O‘ztekstilprom" uyushmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-2020 yillarda paxta iplari ishlab chiqarish 1,7 baravar, matolar - 2, trikotaj mato - 1,9, trikotaj buyumlar - 1,8, paypoq ishlab chiqarish - 5,6 marta o‘sdi.
Mamlakat rahbariyati tomonidan to‘qimachilik va kiyim-kechak ishlab chiqarishni rivojlantirishga e’tiborni kuchayishi, soliq imtiyozlari, imtiyozli kreditlar, subsidiyalar ko‘rinishidagi ko‘magi tufayli ushbu soha investitsiyalar uchun yanada jozibador bo‘ldi. Shunday qilib, assotsiatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, agar 2016 yilda 190 million dollarlik sarmoyalar sarflangan bo‘lsa, 2019 yil oxiriga kelib ularning hajmi 2,5 baravar oshib, 473,9 million dollarga yetdi. Pandemiya to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatidagi sarmoyaviy faollikni pasaytirdi, ammo sarmoyalar oqimi to‘xtamadi.
Tarmoqning jadal rivojlanishi ish o‘rinlari yaratilishi va bandlikning ko‘payishi bilan birga kechdi. "O‘ztekstilprom" assotsiatsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rt yil davomida to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatida band bo‘lganlar soni qariyb 19 foizga o‘sib, 366,9 ming kishiga yetdi. Ishlab chiqarish zanjirining klasterli boshqaruviga o‘tish ushbu modelning samaradorligini ko‘rsatdi, bu esa paxta-to‘qimachilik klasterlarining jadal o‘sishiga olib keldi. Agar 2017 yilda faqat bitta klaster ishlagan bo‘lsa, 2020 yilda ularning soni 95 taga etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan tarmoqlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari eksport salohiyatini yanada oshirish va ochish, eksport hajmini oshirish, ichki to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlarining tashqi bozorlarini diversifikatsiya qilishdir.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qimachilik va kiyim-kechak va trikotaj mahsulotlari eksporti 2020 yilning 11 oyida 15,4 foizga (1,7 milliard dollarga) o‘sdi. 2016 yilga nisbatan eksport hajmi 2020 yilda 1,8 baravar oshdi. Yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar eksportini ko‘paytirish siyosati ham o‘z samarasini bermoqda. Masalan, tayyor trikotaj va tikuvchilik buyumlari eksporti ko‘rib chiqilayotgan davrda 2,1 baravar oshdi. Ayni paytda dunyoning 69 mamlakatiga 563 turdan ortiq to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilinayotgan bo‘lsa, 2018 yilda 348 turdagi 57 mamlakatga eksport qilinmoqda.
Mamlakatlar sharoitida an’anaviy savdo bozorlariga ham, yangilariga ham eksportning dinamik o‘sishi kuzatilmoqda. Xususan, 2020 yilning 11 oyida Rossiyaga eksport 2016 yilga nisbatan 37 foizga, qo‘shni mamlakatlarga esa 3,2 baravarga oshdi. MDHdan tashqari mamlakatlarga eksport hajmi ham o‘sib bormoqda. Masalan, Xitoyga to‘qimachilik va kiyim-kechak eksporti 2 baravar, Turkiya - 3,3, Polsha - 3,5, Italiya - 3 baravar oshdi. Evropa mamlakatlari haqida gapirganda, shuni ta’kidlash kerakki, o‘tgan yili Yevrokomissiya O‘zbekistonga «GSP+» Umumlashtirilgan imtiyozlar tizimidan foyda oluvchi maqomini muddatidan oldin berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozoriga to‘qimachilik mahsulotlarini, shu jumladan, bojsiz yetkazib berishga imkon beradi, bu esa O‘zbekistondan Yevropa bozoriga to‘qimachilik va kiyim-kechak yetkazib berish hajmining ko‘payishiga olib keladi. "O‘ztekstilprom" assotsiatsiyasi ekspertlarining hisob-kitoblariga asoslanib xabar berishicha «GSP+» rejimi mahsulot eksportini yiliga qariyb 300 million dollarga, 2025 yilga kelib esa 1,2 milliard dollarga oshirish imkonini beradi.
Shunday qilib, so‘nggi to‘rt yilda O‘zbekistonning to‘qimachilik va tikuvchilik trikotaj sanoati 2020 yilda pandemiya paytida to‘plangan salohiyatni saqlab, barqaror dinamik rivojlanishni namoyish etdi.
Ruslan Abaturov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining bosh ilmiy xodimi.
"Pravda Vostoka" gazetasi 8 yanvardagi 5-soni
Latofat Bo‘riyeva tarjimasi
Izoh qoldirish