Oliy va o‘rta maxsus ta’limi tizimida qariyb 14 mlrd so‘mlik moliyaviy xatolik aniqlandi

Oliy va o‘rta maxsus ta’limi tizimida qariyb 14 mlrd so‘mlik moliyaviy xatolik aniqlandi

Oliy va o‘rta maxsus ta’limi tizimida 9 oy mobaynida qariyb 14 mlrd so‘mlik moliyaviy xatolik aniqlandi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Toshmatov ma’lum qildi.

"Ushbu miqdordan 5 mlrd. 493,2 mln. so‘mlik maqsadsiz va ortiqcha xarajatlarning oldi olindi. 4 mlrd. 979,3 mln. so‘mlik qismi profilaktik tadbirlar jarayonida undirilib tiklandi. 996,2 mln. so‘mlik qismi (ortiqcha to‘langan ish haqi va boshqa hisob-kitoblar) keyingi oylarda hisob-kitob qilish uchun undiruvga qaratildi", deydi Salohiddin Toshmatov.

Bundan tashqari, 2 ta oliy ta’lim hamda 8 ta kasbiy ta’lim muassasasida aniqlangan 2 mlrd. 136,6 mln. so‘mlik xato va kamchilikda jinoyat alomatlari mavjudligi sabab huquqiy baho berish va qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza etuvchi organlarga yuborilganligi ta’kidlandi.

Shuningdek, moliyaviy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbar va mas’ul xodimlarning 33 nafariga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilib, 21 nafari lavozimidan ozod etilgan.

Kamchilik va xato sabablari hamda aynan qaysi holatda ko‘proq yo‘l qo‘yilganligi to‘g‘risida ushbu havola orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar