Jahon bankining "Biznesni yuritish-2020" (Doing Business 2020) guruhi 190 davlat o‘rtasida o‘tkazgan yillik reytingida O‘zbekiston 2019 yil yakuni bo‘yicha 69,9 ball to‘plab, 69-o‘rinni egalladi. O‘tgan yilgi reytingga nisbatan mamlakatimiz 7 pozitsiya yuqoriga ko‘tarilgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda o‘tgan yilgi va hozirgi vaqtdagi baholashlarda qanday omillar ustivor bo‘lganligi kishida ma’lum bir qiziqish uyg‘otmoqda.
"Biznesni yuritish-2019" (Doing Business 2019) hisoboti o‘tgan yilning 31 oktyabrida e’lon qilindi. Bir yil avval O‘zbekiston 190 davlat orasida 67,4 ballni qo‘lga kiritib, 76-o‘rinni egallagan. Bu esa o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 1,08 ball ko‘proqdir.
O‘tgan yili ish sharoitlarini yaxshilash ko‘rsatkichlari deyarli barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha qayd etildi, kreditlar olish va shartnomalar bajarilishini ta’minlash bundan mustasno. Jahon banki tahlilchilarining ta’kidlashicha, o‘tgan yili xalqaro savdo, minoritar investorlarni himoya qilish va soliqqa tortish ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng sezilarli o‘zgarishlar kuzatilgan.
Joriy yilda islohotlarning jadallashayotgan yo‘nalishlariga qanday e’tibor qaratildi?
Minoritar investorlarini himoya qilish ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘tgan yili O‘zbekiston aksiyalari birjada savdoga qo‘yilgan kompaniyalarning mulkchilik va nazorat tuzilmalari masalalarini qonuniy ravishda aniqlaganligi qayd etildi. Bu yilgi baholashda asosiy korporativ qarorlar qabul qilishda aksiyadorlarning huquq va rolini kengaytirish, mulk va nazorat tuzilmalarini takomillashtirish, shuningdek, korporativ shaffoflikni oshirish orqali minoritar investorlarini himoya qilishni kuchaytirish qayd etildi. Ya’ni, agar ilgari ushbu yo‘nalishda zarur qonunchilik bazasini takomillashtirishga asosiy e’tibor qaratilgan bo‘lsa, o‘tgan yil davomida minoritar investorlarning roli kengayib, ularning huquqlarini himoya qilish va korporativ shaffoflik kuchaygan.
O‘tgan yili ekspertlar tomonidan soliqqa tortish tizimini takomillashtirish borasida soliq imtiyozlari joriy etilishi alohida ta’kidlandi. Korxonalarga yangi tasniflash tizimi bo‘yicha har bir xodim uchun yagona ijtimoiy to‘lovning qat’iy belgilangan miqdorda to‘lash imkoni yaratildi. Bu yil soliq islohotini amalga oshirishda muhim qadam sifatida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini daromad solig‘i bilan birlashtirish orqali soliqqa tortishni soddalashtirish ko‘rsatilgan. Ya’ni, soliq tizimi faol takomillashtirish davom etmoqda.
Xalqaro savdo ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘tgan yili Jahon banki tomonidan xalqaro savdoni amalga oshirishni jadallashtirish imkonini beradigan chora-tadbirlarni boshlash muhimligi alohida ta’kidlandi, buning natijasida eksport hujjatlarini rasmiylashtirishning umumiy vaqti 174 soatdan 96 soatgacha kamaydi. Bu yil ushbu yo‘nalishda ijobiy fikrlar sifatida xalqaro savdoni soddalashtirish, shuningdek, import hujjatlari talablarini yumshatish mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirishdan dalolat beradi.
O‘zbekistonda izchil amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tufayli "Biznes yuritish-2020" ko‘rsatkichlari yaxshilandi. Xususan, 2018 yil iyul oyida Jahon banki va "Biznes yuritish" xalqaro moliya korporatsiyasining yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori, 2019 yil 5 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jahon banki va "Biznes yuritish" xalqaro moliya korporatsiyasining yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Joriy yilda "Biznes yuritish" indeksining aniq ko‘rsatkichlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha biznes faoliyatining shart-sharoitlarini soddalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar faol amalga oshirildi, bu esa biznes yuritish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash va jahon reytingida o‘z o‘rnini yaxshilashni ta’minlaydi.
ITIM axborot-resurs markazi
Izoh qoldirish