O‘zbekistoda ishbilarmonlik faolligi indeksi ijobiy o‘zgarib, eng yuqori ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida kuzatildi

O‘zbekistoda ishbilarmonlik faolligi indeksi ijobiy o‘zgarib, eng yuqori ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida kuzatildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2022 yil iyun oyida 1062 birlikni tashkil etib, may oyiga nisbatan 6,2 foizga oshgan. Shuningdek, ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham 51 foizlik o‘sish qayd etildi.

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2022 yilning iyun oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 6,2 foizga oshib, 1062 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 14,4foizga oshgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 1,9 foizga kamaygan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 7,2 foizga oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 41,5 foizga kamaygan.

Hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida yana bir marta eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2022 yil iyun oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi barcha hududlarda o‘tgan oyga (2022 yil may) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Sirdaryo (43,3%), Samarqand (43,0%), Navoiy (39,5%) va Surxondaryo (37,2%) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2 - rasm).

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2022 yil iyun oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 692,2 ming tani tashkil etdi va 2022 yilning may oyiga nisbatan 716,1 ming tranzaksiyaga (14,4%) oshgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 13 ta hududda oshgan.

2022 yil iyunda respublikaning 13 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Andijon (20,3%), Farg‘ona (19,1%), Navoiy (14,3%) viloyatlari, Toshkent shahri (17,0%) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (14,4%) kuzatilgan. Ushbu ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatida 7,1 foizga kamaygan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2022 yilning iyun oyida IFIning birja komponenti 1,0719 birlikni tashkil etdi. Bu esa ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 7,2 foizga oshganligini anglatib, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha hajmi (7,1%) hamda bitimlar sonining (7,3%) oshganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2022 yil iyun oyida 7 367,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 5,0 foizga oshgan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2022 yil iyun oyida 0,9808 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 1,9 foizga kamayganligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijobiy o‘zgarib, 9,8 foizga oshgan.

2022 yil iyun oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni 2022 yilning may oyiga (598 986 birlik) nisbatan 6 382 taga ko‘payib, 605 371 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 404 taga kamaygan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 487 101 tadan 493 727 tagacha oshgan (o‘sish 6 626 ta). Fermer xo‘jaliklari soni 107 918 tadan 108 078 tagacha (o‘sish 160 ta) oshgan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 566 tani tashkil etib, 2022 yilning may oyiga nisbatan 404 taga kamaygan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2022 yil iyun oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 0,5851 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2022 yilning may oyiga nisbatan 41,5 foizga sezilarli darajada kamaygan. Joriy yilning iyun oyida yuridik shaxslar tomonidan 196 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1062

↑1,1439

↑1,0719

↓0,9808

↓0,5851

Sirdaryo viloyati

↑1433

↑1,1180

↑2,0000

↓0,9613

↑1,0000

Samarqand viloyati

↑1430

↑1,0969

↑2,0000

↓0,9843

↑1,0000

Navoiy viloyati

↑1395

↑1,1427

↑1,8873

↓0,9533

↑1,0000

Surxondaryo viloyati

↑1372

↓0,9294

↑2,0000

↓0,9844

↑1,0000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1200

↑1,1444

↑1,3906

↓0,9672

↑1,0000

Namangan viloyati

↑1154

↑1,0862

↑1,2678

↓0,9893

↑1,6250

Jizzax viloyati

↑1075

↑1,0868

↑1,1810

↓0,9416

↓0,5000

Toshkent shahri

↑1072

↑1,1695

↑1,0717

↓0,9872

↓0,5751

Farg‘ona viloyati

↑1068

↑1,1913

↑1,0490

↓0,9756

↓0,5714

Xorazm viloyati

↑1063

↑1,1103

↑1,0979

↓0,9999

↓0,5000

Toshkent viloyati

↑1053

↑1,1067

↑1,1000

↓0,9761

↓0,3636

↑1012

↑1,1167

↑1,0115

↓0,9649

↓0,1538

Qashqadaryo viloyati

↑1010

↑1,0591

↑1,0256

↓0,9955

↓0,3333

Andijon viloyati

↑1008

↑1,2026

↓0,9059

↓0,9582

↓0,4667

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1513

↑1,1639

↑2,1032

↑1,0980

↓0,7717

Toshkent shahri

↑1506

↑1,3937

↑1,8791

↑1,1094

↓0,7403

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1456

↓0,9457

↑2,0000

↑1,0689

↑3,0000

Sirdaryo viloyati

↑1417

↑1,0071

↑2,0000

↑1,0644

↑1,0000

Toshkent viloyati

↑1194

↓0,8666

↑1,6129

↑1,0574

↓0,4211

Xorazm viloyati

↑1177

↓0,8635

↑1,5251

↑1,1114

↓0,6667

Samarqand viloyati

↑1150

↑1,0662

↑1,2490

↑1,1536

↓0,7778

Farg‘ona viloyati

↑1122

↓0,8994

↑1,3529

↑1,1327

↓0,5714

Andijon viloyati

↑1032

↑1,1040

↓0,9277

↑1,0876

↑1,1667

Namangan viloyati

↑1019

↓0,9951

↓0,9495

↑1,0701

↑1,8571

Navoiy viloyati

↑1000

↓0,8912

↑1,0375

↑1,1053

↑1,0000

Qashqadaryo viloyati

↓964

↓0,9724

↓0,8790

↑1,0983

↑1,0000

Surxondaryo viloyati

↓951

↓0,8239

↑1,0720

↑1,0179

↓0,3333

Jizzax viloyati

↓934

↓0,9007

↓0,8205

↑1,0494

↑2,0000

Buxoro viloyati

↓896

↓0,8516

↓0,8803

↑1,0505

↓0,5000

Ruslan Abdullayev,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar