O‘zbekiston davlatga g‘allani majburiy sotish rejasini 25 foizga qisqartirdi

O‘zbekiston davlatga g‘allani majburiy sotish rejasini 25 foizga qisqartirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta’minlash, boshoqli don yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish, qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan qulay agrobiznes muhitini yaratish orqali g‘alla yetishtirishda davlat buyurtmasidan voz kechish maqsadida O‘zbekiston Prezidentining "G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra: birinchidan, 2020 yil hosili uchun barcha g‘alla yetishtiruvchilar uchun davlat byurtmasi o‘rtacha 25 foizgacha kamaytirilgan holda 2 mln 265 ming tn qilib belgilash taklif qilinmoqda.

2020 yil hosilidan boshlab davlat tomonidan don yetishtirish rejasini belgilash amaliyoti to‘liq bekor qilinadi.

Tegishli vazirlik va idoralar bir oy muddatda 2020 yilda ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta’minlash uchun sotib olinadigan g‘allaning hududlar kesimidagi taqsimotini va saqlashga talabgor korxonalarning ro‘yxatini shakllantiradi.

Ikkinchidan, 2021 yil hosilidan boshlab:

  • davlat tomonidan g‘allaga xarid narxini belgilash amaliyotidan to‘liq voz kechiladi;
  • davlat xaridi to‘liq bekor qilinadi hamda yetishtiriladigan g‘alla barcha iste’molchilarga birja savdolari orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida erkin narxlarda sotiladi;
  • don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur miqdordagi g‘alla fyuchers, forvard shartnomalari asosida yoki birja savdolari orqali erkin narxlarda xarid qilinadi;
  • xo‘jaliklarni sifatli urug‘lik bilan ta’minlash maqsadida sertifikatlangan urug‘lik yetkazib berish tizimi saqlab qolinadi;
  • jahon bozori, mintaqaviy birjalar narxlari tahlilidan kelib chiqib, hosil yilida kutilayotgan (indikativ) narxlar e’lon qilib boriladi.

Uchinchidan, g‘alla yetishtirish va qayta ishlashni kreditlashning yangi mexanizmi joriy etiladi.

2020 yil 1 iyundan boshlab:

a) fermer xo‘jaliklari, g‘allachilik klasterlari va Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklarining g‘alla yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 12 oy muddatgacha g‘alla umumiy qiymatining 40 foizigacha bo‘lgan miqdorda moliyalashtirilganda yillik 10%, 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda moliyalashtirilganda yillik 12 % stavkadan (shundan bank marjasi 2 %) oshmagan miqdorda kreditlar ajratiladi.

Bunda:

  • kredit mablag‘laridan erkin foydalaniladi hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni ixtiyoriy tanlanadi;
  • ajratilgan kredit mablag‘larining muddatida qaytarilmagan qismi tijorat krediti sifatida qayta rasmiylashtiriladi;

b) donni qayta ishlovchi korxonalar hamda donni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan g‘allachilik klasterlari tomonidan g‘allani xarid qilish uchun tijorat banklari tomonidan 12 oy muddatgacha 50 mlrd. so‘mgacha miqdorda tijorat kreditlari ajratiladi.

Bunda:

  • milliy valyutada ajratiladigan tijorat kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10% punktidan ko‘p bo‘lmagan qismiga;
  • xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 % punktidan ko‘p bo‘lmagan qismiga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab- quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya beriladi;
  • g‘allani xarid qilish uchun ajratilgan kredit mablag‘larining muddatida qaytarilmagan qismiga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya berilmaydi.

“Omborxona guvohnomasi” va “Agrar guvohnomasi” kabi moliyaviy hujjatlardan foydalanishni amaliyotga kiritishning huquqiy asoslari yaratiladi.

To‘rtinchidan, don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish Jamg‘arma zimmasiga yuklatiladi va bug‘doy oylik grafik asosida Jamg‘arma tomonidan birjada sotuvga qo‘yiladi.

Birja narxlari keskin o‘zgarganda, ya’ni uzluksiz 3 ish kuni mobaynida 20 % va undan ortiq miqdorda oshgan yoki pasaygan hollarda Jamg‘armaga tasdiqlangan grafikka o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.

Beshinchidan, Vazirlar Mahkamasiga “O‘zdonmahsulot” AK tizimiga kiruvchi don korxonalarini 2020-2021 yillarda bosqichma-bosqich xususiy sektorga sotish

chora-tadbirlarini belgilash topshirilmoqda.

Oltinchidan, g‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish bo‘yicha Respublika kengashi tashkil etiladi.

Kengash quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • g‘alla o‘rim - yig‘im davrida ichki bozorda shakllangan narxlardan kelib chiqib, xarid qilinadigan bug‘doy narxini hamda xarid qilinadigan bug‘doy hajmini belgilaydi;
  • Jahon bozori va mintaqa mamlakatlari birjalarida bug‘doyning narxlari maqbul bo‘lgan davrda markazlashgan tartibda (hukumatlararo shartnomalarga asosan) bug‘doy import qilish masalasini operativ ko‘rib chiqadi;
  • oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi.

(material to‘ldirilmoqda)

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar