O‘zbekiston xorijdan ikki oyda 17,5 mln. AQSh dollari qiymatida yengil avtomobillar import qilgan

O‘zbekiston xorijdan ikki oyda 17,5 mln. AQSh dollari qiymatida yengil avtomobillar import qilgan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 17,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan yengil avtomobillar import qilgan.

O‘tgan 2 oy mobaynida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

  1. Rossiya – 9,1 mln.
  2. Xitoy – 1,8 mln.
  3. Qozog‘iston – 1,7 mln.
  4. Yaponiya – 1,2 mln.
  5. Germaniya – 1,1 mln.
  6. AQSh – 1,0 mln.
  7. Litva – 935,7 ming
  8. Koreya – 203,2 ming

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston 2020 yilda xorijdan 475,1 mln. AQSh dollari qiymatida yengil avtomobillar import qilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar