O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 653,7 ming kishiga oshdi
2020 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga oshgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikaning doimiy aholisi soni 34,5 mln. kishini tashkil etmoqda.
Aholi soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 653,7 ming kishiga ko‘paygan. Doimiy aholining o‘sish sur’ati 101,9 % ga teng. Mamlakatimiz aholisi har oyda o‘rtacha 54,5 ming kishiga ko‘paygan.
2020 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga oshgan.
Izoh qoldirish