O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (O‘zTMK) jahon miqyosida yuksak e’tirofga sazovor bo‘lib, volfram sanoatidagi eng nufuzli tashkilot – Xalqaro volfram sanoati assotsiatsiyasi (ITIA)ning to‘laqonli a’zosiga aylandi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan ilk davlat sifatida tarixga kirdi.
O‘zbekistonning ITIA a’zoligiga qabul qilinishi – bu mamlakatning volfram sanoatidagi salohiyati xalqaro miqyosda tan olinganining isbotidir. O‘zTMK ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan holda jahon volfram sanoatining barqaror ishtirokchisiga aylandi. Xalqaro volfram sanoati assotsiatsiyasining a’zosi bo‘lish O‘zTMK uchun bozor ma’lumotlari va tahlillaridan foydalanish, statistik ma’lumotlar olish, yillik yirik xorijiy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatini beradi.
Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi – volframning global ishlab chiqarilishi, qayta ishlanishi va iste’mol bozorlarini tahlil qilish, sohani raqamli va analitik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ilmiy yondashuvlar va barqaror yechimlarni ilgari surishdir. ITIA bugungi kunda Yaponiya, Germaniya, Avstriya kabi texnologik yetakchi davlatlarning yirik kompaniya va ilmiy markazlarini o‘z atrofiga birlashtirgan.
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish