O‘zbekiston yil boshidan buyon 1,7 mlrd dollarlik mahsulot eksport qildi

O‘zbekiston yil boshidan buyon 1,7 mlrd dollarlik mahsulot eksport qildi

O‘zbekiston 2020 yilning yanvar-aprel oylarida 1,7 mlrd. dollarlik mahsulotlarni xorijga eksport qildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Respublikada eksportyor tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar, qulayliklar va erkinliklarni o‘zida qamragan yangi tartiblar joriy qilinmoqda.

Masalan, tovarlar uchun eksport boji bekor qilindi, bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar qisqartirildi, eksportdan tushgan valyuta mablag‘larini davlatga majburiy sotish kabi byurokratik tartiblar bekor qilindi.

Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi yuridik shaxslar eksportni dastlabki to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini siyosiy va tijorat xavflaridan sug‘urta polisisiz amalga oshirishmoqda.

Eksport kontraktini tuzishga hojat yo‘q — invoysning o‘zi yetarli. Tadbirkorlik sub’yektlari ulgurji savdo qilish litsenziyasiga ega bo‘lmasdan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirishmoqda va mahsulotlarning eksport narxlarini erkin belgilashmoqda.

Amaldagi tartiblarga binoan eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.

“2020 yilning yanvar-aprel oylarida esa rasmiylashtirilgan 3 mingta yaqin eksport bojxona deklaratsiyalari asosida 1,7 mlrd. AQSh dollarlik mahsulotlarga xorijga eksport qilindi”, deyilgan xabarda.

Milliy mahsulotlar hozirda dunyoning 73 ta davlatiga yetib bormoqda. Mazkur davlatlar ro‘yxatida Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Afg‘oniston kabi mamlakatlar oldingi qatorlarda turadi.

Ta’kidlanishicha, tadbirkorlar yil boshidan buyon 186 mln. dollar qiymatidagi meva-sabzavotlarni xorijga eksport qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar