O‘zbekistonda KIA avtomobillari ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda KIA avtomobillari ishlab chiqariladi

Jizzax erkin iqtisodiyot zonasidagi ADM-Jizzakh zavodi noyabr oyidan boshlab eng yangi modellardan bo‘lgan — KIA Seltos va KIA K5 avtomobillarini yig‘ishni boshlaydi.

Zavod avval-boshdanoq multibrendli xususiyatga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan — kelgusida u yerda jahonga mashhur qator brendlar avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar hamkor dilerlik tarmoqlari orqali MDH davlatlariga eksport qilinadi.

«Mutlaqo yangi bo‘lgan xususiy avto ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi — O‘zbekiston bozori uchun shunchaki tijorat yangiligi emas, balki olib borilayotgan yangi islohotlar, ham investorlar, ham iste’molchilar uchun yangi sharoitlarning yaratilishi natijasidir, — ta’kidladi Roodell bosh direktori Daniyar Davletiyarov. — Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, mamlakatda haqiqatan ham avtomobil tarixining yangi davri boshlanmoqda, u birato‘lasi bir nechta global avtomobil brendlarining ishlab chiqarila boshlashi, ya’ni o‘zbek bozoriga kirib kelishi bilan bog‘liq. Biz yangi investorlar uchun makon, butlovchi qismlarni ishlab chiqarish va distributsiyalash bozorini shakllantirish, dilerlik va logistika markazlarini qurish uchun sharoit yaratmoqdamiz. Faoliyatimizning dastlatki yilida turli uchta mashhur avtobrendlarning avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz».

Avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda mahalliy, xorijiy korxonalar uchun yangi istiqbollarni yaratish va ishlab chiqarilgan avtomobillarni eksportini ta’minlash ham Roodellkompaniyasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Avtomobillarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan texnologik liniyasi, KIAMotorsning Rossiyadagi mintaqaviy bosh vakolatxonasi ishtirokida yaratildi. Kompaniya o‘z tajribasi va ekspertizasini Roodell rahbariyati bilan o‘rtoqlashdi va hamkorlikni muvaffaqiyatli davom ettirishni kutmoqda.

«MDH bozori katta salohiyatga ega, KIA avtomobillariga qiziqish tobora ortayotganini ko‘rib turibiz, - dedi KIA Motors Rus & CIS HQ prezidenti janob Chjin-Xa Kim. — Bu KIA Motors Russia & CISning mintaqaviy vakolatxonasini bosh raxbari sifatida dastlabki yirik loyihalaridan biridir. Yangi zavodda KIAning eng so‘nggi va yuqori texnologik modellari ishlab chiqariladi, chunki biz O‘zbekistonga va hamkorlarimizga ishonamiz. Yangi zavod rahbariyati va butun jamoasiga muvaffaqiyatlar tilaymiz».

2020 yil noyabr oyida «Jizzax» EIZda biznes-klass sedanining yangi global nomiga aylangan KIA K5 avtomobili va dunyoda sensatsiya hisoblangan hamda ko‘plab bozorlarda e’tibor qozongan KIA Seltos ixcham krossoveri ishlab chiqarila boshlanadi. Ikkala model ham o‘z segmentlarida yuqori raqobatbardoshligi, ajoyib dizayni, dinamik xususiyatlari va qulay yuqori texnologik funksiyalari bilan ajralib turadi.

Ma’lumot uchun, Roodell — 2014 yildan buyon avtomobil bozorida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan milliy kompaniyalardan biridir.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar