O‘zbekistonda koronavirusdan xoli hududlar ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda koronavirusdan xoli hududlar ma’lum bo‘ldi

4 may kuni AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Atabekov karantin talablari qaysi hududlarda yumshatila boshlanishi yuzasidan ma’lumot berdi.

"Joriy yilning 29 aprelida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanib, ijobiy tomonga o‘zgarib borishi bilan, 10 maydan keyin karantin rejimini bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish lozimligi ta’kidlandi va karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qildi.

Ushbu Qarorning 1-bandida respublikada koronavirus infeksiyasining tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda joriy etilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilinsin, deyilgan.

Bugungi kunda respublikamizda kasallik umuman qayd etilmagan qishloqlar, tumanlar ancha ko‘p, hatto Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida aniqlangan bemorlarning barchasi sog‘aygan", dedi Nurmat Atabekov.

Yana bir xushxabar, Navoiy viloyatida ham koronavirusga chalingan barcha bemorlar sog‘aydi. Sog‘aygan bemor ayol 45 yoshda, Toshkent shahridan.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 1328 nafarga yetdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar