O‘zbekistonda multiindikator klaster kuzatuvlari yakunlanish arafasida

O‘zbekistonda multiindikator klaster kuzatuvlari yakunlanish arafasida

2021 yilning 5 aprelidan O‘zbekistonda multiindikator klaster kuzatuvlari boshlangan va kuzatuv 31 iyulga qadar davom etadi. Ayni paytda 9 mingga yaqin uy xo‘jaliklarida tegishli savolnomalar to‘ldirilib, kuzatuv ishlari yakunlandi.

Bu haqda AOKAda Davlat statistika qo‘mitasi vakillari va YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mas’ul koordinatorlari ishtirokida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Kuzatuv jarayoni O‘zbekiston bo‘yicha tanlab olingan 726 ta mahallada joylashgan 14520 ta uy xo‘jaliklarida, joylarga chiqilib respondetlar bilan shaxsan suhbatlashish orqali planshetlarda elektron ko‘rinishda savolnomalarni to‘ldirish orqali ma’lumotlar yig‘iladi.

MICS kuzatuvi mamlakatimizda bundan 15 yil oldin bo‘lib o‘tgan.

Multiindikator klaster kuzatuvi — BMTning Xalqaro bolalar jamg‘armasi YuNISEF tomonidan ishlab chiqilgan uy xo‘jaliklarining tanlanma kuzatuvi xalqaro dasturi bo‘lib, asosan, bolalar va ayollar holatini baholash maqsadida ko‘p ko‘rsatkichli ma’lumotlarni yig‘ad.

Shu o‘rinda onalar va bolalar bo‘yicha dunyo miqyosidagi eng yirik statistik ma’lumotlar manbasi hisoblanadi.

O‘zbekistonda multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazish Davlat statistika qo‘mitasi va BMT Bolalar jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar