Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar - sentyabr oylarida 2 432,7 ming tonna kartoshka yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2019 yilning mos davriga nisbatan 101,6 %ni tashkil qildi.
Joriy davrda yetishtirilgan kartoshka hajmini boshqa toifadagi xo‘jaliklar bilan taqqoslaganda yuqori ko‘rsatkichlar 2 096,1 ming tonna yoki umumiy ishlab chiqarish hajmining 86,2 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi.
Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan fermer xo‘jaliklarida 4,2 %, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 1,0 % hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 34,8 % o‘sish qayd etildi.
Kartoshka ishlab chiqarish umumiy hajmining eng yuqori ulushiga ega hududlar:
- Samarqand viloyati - 21,1 %
- Surxondaryo viloyati - 11,8 %
- Toshkent viloyati - 10,9 %
- Farg‘ona viloyati - 9,9 %
- Andijon viloyati - 9,4 %
Izoh qoldirish