O‘zbekistonlik 6 yoshli Muhammadyusuf Butunrossiya musobaqasida g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonlik 6 yoshli Muhammadyusuf Butunrossiya musobaqasida g‘olib bo‘ldi

Moskvada o‘tkazilgan mental arifmetika bo‘yicha V Butunrossiya musobaqasida Rossiya va MDH davlatlaridan kelgan 520 dan ortiq 5-14 yoshdagi bolalar o‘zaro bellashdi.

Rossiyaning “UCMAS” – Bolalar mental arifmetikasi markazi tomonidan tashkil etilgan musobaqa shartiga ko‘ra, ishtirokchilar 8 daqiqa oralig‘ida 200 ta arifmetik topshiriqni bajarish vazifasi berildi.

O‘zbekistonlik 6 yoshli Muhammadyusuf Anvarov bu vaqt oralig‘ida 120 ta arifmetik amallarni bajarib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

"Muhammadyusuf 6 yoshda, hali maktabga bormagan. U matematika bilan 4 yoshidan buyon shug‘ullanadi. 2018, 2019 yillarda ham ushbu musobaqada ishtirok etib, oltin medal bilan taqdirlangan edi", deydi Muhammadyusufning onasi Nozima Anvarova.​

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar