Pandemiya dunyo davlatlarida ish haqining pasayishiga olib keldi – XMT

Pandemiya dunyo davlatlarida ish haqining pasayishiga olib keldi – XMT

COVID-19 pandemiyasi natijasida 2020 yilning birinchi yarmida dunyo davlatlarining uchdan ikki qismida ish haqi pasaygan yoki sekinlashgan. Bu haqda Xalqaro Mehnat Tashkilotining (XMT) hisobotida keltirilgan.

Ta’kidlanishicha, yaqin kelajakda inqiroz tufayli ish haqining sezilarli pasayishi tendensiyasi davom etadi. Inqiroz ayollar va kam maoshli ishchilarning ish haqiga nomutanosib ta’sir ko‘rsatmoqda.

XMTga ma’lumot taqdim etgan mamlakatlarning uchdan birida o‘rtacha ish haqi «bir qarashda ko‘paygan» bo‘lsada, aslida, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu kam maoshli ishchilarning katta qismi u yerda ishdan ketganligi va endi ish haqi oluvchi hisoblanmasligi bilan bog‘liq. Hisobotda aytilishicha, «bandlikni saqlab qolish uchun qat’iy choralar ko‘rilgan mamlakatlarda inqirozning ta’siri ish o‘rinlarining yopilishi emas, balki ish haqining pasayishi bo‘ldi».

«COVID-19 inqirozi ortidan tengsizlikning kuchayishi qashshoqlikni va destruktiv nisbatlarning ijtimoiy-iqtisodiy beqarorligini yanada kuchaytirishi mumkin», deydi XMT Bosh direktori Gay Rayder.

Hisobot mualliflarining ta’kidlashicha, «mehnat uchun minimal ish haqining adekvat darajada belgilanishi ishchilarni tengsizlikdan asrab qolishi mumkin». Bunday siyosat samarali bo‘lishi uchun «keng qamrovli va kompleks chora-tadbirlar» talab qilinadi. Rivojlanayotgan davlatlarda, shuningdek, bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan davlatlarda me’yorlarga ko‘proq rioya qilinishi odamlarni norasmiy iqtisodiyotdan rasmiy iqtisodiyotga ko‘chirishni anglatadi, deydi mutaxassislar.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar