Sirdaryo viloyatining 2023 yil 1-choragidagi o‘rtacha oylik ish haqi ko‘rsatkichi

Sirdaryo viloyatining 2023 yil 1-choragidagi o‘rtacha oylik ish haqi ko‘rsatkichi

2023 yil yanvar-mart holatiga ko‘ra Sirdaryo viloyati tarmoqlar kesimida o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati 7 598,0 ming so‘m, Axborot va aloqa 6 781,4 ming so‘m, Tashish va saqlash 4 323,0 ming so‘m va Sanoat 3 666,6 ming so‘mni tashkil etib, past ko‘rsatkichlar Qurilish 2 391,7 ming so‘m, Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi 2 732,7 ming so‘m, Ta’lim 2 882,4 ming so‘mni tashkil etdi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi – axborot va aloqa sohasiga to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish darajasi 189,6%ni tashkil etdi.

Qurilish sohasi 175,5%, bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati 125,5%, savdo 120,9%, sanoat 113,5%, ta’lim 115,4%ga o‘sganligini hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish 111,4%ga kamayganligini ko‘rish mumkin.

Sanoatning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash (7 156,2 ming so‘m), ishlab chiqarish sanoati (1 934,1), suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoati (1 929,4)da kuzatildi.

Sanoat iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Shirin shahri (8 431,7 ming so‘m), eng past ko‘rsatkichi Guliston tumanida (1 109,5) kuzatildi.

Qurilish faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Mirzaobod (3 215,3 ming so‘m), eng past ko‘rsatkichi Shirin shahri (1 709,6)da qayd etildi.

Savdo faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Guliston tumanida (5 700,0 ming so‘m), eng past ko‘rsatkichi Mirzaobod tumanida (1 000,0) qayd etildi.

Tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Guliston shahri (5 006,4)da kuzatildi.

Axborot va aloqa faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Guliston shahri (6 817,6 ming so‘m), eng past ko‘rsatkichi Xovos tumanida (1 200,0) qayd etildi.

Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Shirin shahri (9 963,7), Boyovut (8 237,5) hamda Guliston shahrida (8 009,5), eng past ko‘rsatkichi Mirzaobod (5 967,9), Guliston (5 879,1), Yangiyer shahri (5 225,6) kuzatildi.

Ta’lim sohasi bo‘yicha bir qator tumanlarda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining viloyat o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichi Guliston shahri (3 769,2 ming so‘m), Sayxunobod (2 925,8), Xovos (2 908,3) tumanlarida kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi bo‘yicha bir qator tumanlarda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining viloyat o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichi Sirdaryo (3 334,8 ming so‘m)da kuzatildi. Shu bilan bir qatorda, viloyatning ba’zi tuman va shaharlarida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichi past bo‘ldi. Sardoba (2 397,0 ming so‘m), Oqoltin (2 132,1) hamda Shirin shahri (2 106,9)da qayd etildi.

Saibov Farrux
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali yetakchi ilmiy xodimi
Telefon: 93- 306-52-42
E-mail: f.saibov@cerr.uz

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar