Pnevmoniyani aniqlash hamda ko‘krak bezi saratoniga tashxis qo‘yishda sun’iy intellekt texnologiyalari qo‘llaniladi

Pnevmoniyani aniqlash hamda ko‘krak bezi saratoniga tashxis qo‘yishda sun’iy intellekt texnologiyalari qo‘llaniladi

“Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etishuchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–4996-son, 17.02.2021 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha 2021–2022 yillarda amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihalar ro‘yxati tasdiqlandi. Jumladan, quyidagi sohalarda sun’iy intellekt texnologiyalari qo‘llaniladi:

- qishloq xo‘jaligi sohasida: yerni masofadan zondlash ma’lumotlari asosida tuproq va qishloq xo‘jaligi ekinlari holatini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi, shu jumladan kombaynlar ishini monitoring qilish;

- bank sohasida: tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish samaradorligini oshirish va ular tomonidan tartibga solish talablari (SubTech va RegTech) bajarilishini soddalashtirish, shuningdek, bank xizmatlari ko‘rsatish sifatini tahlil qilish, foydalanuvchilarni masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) va kredit tavakkalchiliklarini baholash uchun;

- moliya sohasida: byudjet xarajatlari, pensiya, ijtimoiy va sug‘urta to‘lovlari, shuningdek, nafaqa to‘lovlarini tahlil qilish va samaradorligini oshirish uchun;

- transport sohasida: lokomotivlarni boshqarish jarayonida ularning harakatini kuzatib borish va xavfli vaziyatlarda mashinistlarni ogohlantirishda, jamoat transporti harakatini tahlil qilish va ularning optimal yo‘nalishlarini aniqlashda, shuningdek, avtomobil harakatini va transportdagi tirbandliklarni monitoring qilishda;

- sog‘liqni saqlash sohasida: inson o‘pkasining kompyuter tomografiyasi tahlili asosida pnevmoniyani aniqlash hamda mammografiya tahlili asosida ko‘krak bezi saratoniga ilk bosqichda tashxis qo‘yish uchun;

- elektron hukumat sohasida: elektron davlat va moliya xizmatlarini ko‘rsatishda foydalanuvchilarni masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) uchun.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar