O‘zbekiston YaIM o‘sishi 2021 yilda 4% va 2022 yilda 5% ni tashkil etadi – OTB prognozi

O‘zbekiston YaIM o‘sishi 2021 yilda 4% va 2022 yilda 5% ni tashkil etadi – OTB prognozi

OTBning yillik hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston YaIM o‘sishi 2021 yilda 4% va 2022 yilda 5% ni tashkil etadi.

Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) yangi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish joriy yilda va 2022 yilda koronavirus (COVID-19) pandemiyasidan keyin sanoat, xizmatlar va investitsiyalar qayta tiklangani bois jonlanishi kutilmoqda, biroq ayni paytda uzoq muddatli pandemiya va noaniqlik xavfi saqlanib qolmoqda.

OTB o‘zining yetakchi yillik iqtisodiy nashri “Osiyo rivojlanish istiqbollari 2021” (Asian Development Outlook 2021)da O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) o‘sishini 2021 yilda 4 foizni va 2022 yilda 5 foizni tashkil etishini prognoz qilmoqda.

"Pandemiya va unga bog‘liq cheklovlar 2020 yilda O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishini qisqartirishga olib kelgan bo‘lsa-da, bu va kelgusi yilda o‘sish davom etishi kutilmoqda, biroq o‘z vaqtida emlash va qat’iy choralari mamlakat iqtisodiyotini tiklanishi uchun muhim bo‘lib qolmoqda", - deydi OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi direktori Sindi Malvichini.

"O‘zbekiston, shuningdek, moliyaviy xavf-xatarlarni baholashni, ayniqsa, davlat tashkilotlari tomonidan yaxshilanishi va tiklanishni kuchaytirish va barqaror va uzoq muddatli o‘sishni ta’minlash uchun xususiy sektor kapitalini davlat va xususiy sheriklik uchun safarbar etishi kerak."

Hukumatning sanoat ob’yektlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy va shahar infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilagan sa’y-harakatlari tufayli investitsiyalar o‘sishining asosiy harakatlantiruvchisi bo‘lib qolishi kutilmoqda, 2021 va 2022 yillarda ham o‘rtacha 9 foizni tashkil etadi. Xususiy iste’mol yuqori ish haqi va inflyasiyaning sekinlashishi natijasida 7 foizga o‘sishi kutilmoqda.

Elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari barqaror bo‘lishi kutilayotganligini inobatga olgan holda inflyasiya 2021 yilda 10% gacha, 2022 yilda 9% gacha pasayishi kutilmoqda. Inflyasiyaning pasayishi fonida Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini 14 foiz darajasida ushlab turibdi. Pul-kredit organlari imtiyozli stavkalar bo‘yicha kreditlarni kamaytirishi kutilmoqda, bu esa bozor munosabatlariga barcha kredit stavkalarini belgilashga imkon beradi.

Hisobot, shuningdek, O‘zbekistonni tashqi qarz olishning shaffofligini oshirishni davom ettirishga chaqiradi. Davlat qarzlari darajasi va ularning muddatlari haqida e’lon qilish hukumat qarzlarni boshqarishda ehtiyotkorlik bilan yondashayotgani to‘g‘risida aholining xabardorligini oshirishga yordam beradi.

OTB farovon, inklyuziv va barqaror Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga erishishga intilib, o‘ta kambag‘allikni yo‘q qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettiradi. OTB 1966 yilda tashkil etilgan, uning a’zolari 68 ta davlat bor, ulardan 49 tasi mintaqada joylashgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar