Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 6,2 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 6,2 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) 2025 yilning birinchi choragi uchun O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish prognozini taqdim etdi.

O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining (YaIM) joriy darajasi prognozi ilg‘or tahlil usullari va xalqaro tajribani o‘rganishga asoslangan. Markaz iqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognoz qilish uchun quyidagi yondashuvdan foydalanadi:

Noukasting — iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarga tez javob berish va kelajakdagi tendensiyalarni bashorat qilish imkonini beruvchi keng qamrovli ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslangan usul.

Ma’lumotlarni tahlili va hozirgi iqtisodiy tendensiyalar

Global miqyosdagi muammolar va makroiqtisodiy noaniqliklarga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2024 yilda barqaror va o‘rtacha o‘sishni namoyish etdi. Xizmat ko‘rsatish sohasi, ishlab chiqarish va qurilish, shuningdek, yuqori darajadagi investitsiya faolligi asosiy drayverlar bo‘ldi. 2025 yil boshida iqtisodiy faollik o‘sishda davom etdi.

Ijobiy tendensiyalar Ishbilarmonlik faolligi indeksining (IFI) o‘sishi bilan o‘z tasdig‘ini topmoqda. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi baholashiga ko‘ra, u 2025 yil yanvar oyida o‘tgan oyga nisbatan 8,4%ga o‘sgan. IFI tarkibida tovar-xom ashyo birjasida xomashyo xarid qilish intensivligi 33,3%ga sezilarli darajada oshgani va faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni 1,1%ga o‘sgani qayd etildi.

Joriy yilning yanvar oyi O‘zbekiston uchun iqtisodiy o‘sish bilan ajralib turdi. Soliq va bojxona yig‘imlari, tashqi savdo va yangi korxonalar soni kabi asosiy ko‘rsatkichlar barqaror o‘sishni ko‘rsatdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar oyida soliq tushumlari 10,3%ga, bojxona tushumlari esa 14,5%ga oshgan. Joriy yilning birinchi oyida 6 126 yangi tadbirkorlik sub’yekti tashkil etildi. Shu bilan birga, tovar eksporti 8,1 foizga oshdi.

O‘zbekistonning 2025 yildagi iqtisodiy o‘sish prognozi

2025 yilda iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari investitsiya faolligining yuqori darajasi, jumladan, qayta tiklanuvchi energetika va transport infratuzilmasi sohasida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, aholining real daromadlarini oshirish bo‘ladi.

Iste’mol talabini qo‘llab-quvvatlovchi barqaror pul o‘tkazmalariga, oltin va boshqa tovarlar narxlarining barqarorligi hisobiga eksport o‘sishiga alohida e’tibor qaratiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sohasida yil yakunlari va 2025 yilga mo‘ljallangan rejalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda yalpi ichki mahsulot hajmini 120 mlrd dollarga, iqtisodiyotga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmini 42 mlrd dollarga, eksportni esa 30 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgani ta’kidlandi.

Chorak yakunidan keyin rasmiy ma’lumotlar e’lon qilinishidan oldin YaIMning joriy darajasini baholash va prognoz qilish uchun Markaz eng yaxshi amaliyotlar asosida tahlil o‘tkazdi. 20 ta asosiy toifadagi taxminan 250 ga yaqin haftalik Google qidiruv ma’lumotlarini o‘rganish, shuningdek, alohida tovar narxlari va yalpi import va inventarlarning asosiy o‘zgaruvchilari tahlili asosida haftalik YaIM prognozi tayyorlandi.

Mavjud ma’lumotlar va tendensiyalardan kelib chiqib, 2025 yilning birinchi choragida O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 6,2%ni tashkil etishi kutilmoqda. Iqtisodiy o‘sishning prognoz qilingan diapazoni 6,0%dan 6,4%gacha.

2025 yil birinchi choragida O‘zbekiston YaIMning haftalik o‘sishi prognozi

Xalqaro baholash

Jahon bankining yangilangan hisobotiga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,8%ga o‘sishi kutilmoqda, Xalqaro valyuta jamg‘armasi esa YaIM o‘sishini 5,7% darajasida prognoz qilmoqda. 2024 yil sentyabr oyida Osiyo taraqqiyot banki sanoat va qurilishdagi ijobiy tendensiyalarni qayd etib, 2025 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi prognozini 6,2%ga oshirdi.

Shunday qilib, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarning haftalik monitoringiga asoslangan va iqtisodiy faoliyatga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda Markaz prognozi chorak yakunidan keyin rasmiy ma’lumotlar e’lon qilinishidan oldin YaIMning joriy darajasini baholash va prognoz qilish imkonini beradi.

Jamshid Axmatov,

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

tel.: (+998) 78 150-32-20 (417)

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar