Qashqadaryo viloyatida 2022 yilning 1-choragida 4702,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,7 foiz (o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha respublika hududlari orasida 10-o‘rin)ga oshgan.
Viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining respublika sanoatidagi ulushi 4,1 foizni va hududlar orasida 7-o‘rinni egallangan.
Sanoat mahsulotlarining 23,8%i (o‘tgan yilning mos davrida 21,6%) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yaratilgan. Shuningdek, viloyat sanoati tarkibida tog‘-kon sanoatining ulushi – 7,0%, ishlab chiqaradigan sanoat - 68,1%, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoati - 24,2%, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoati - 0,7%ni tashkil qilgan.
Viloyatda jami sanoat mahsulotlarining 53,4 foizi viloyatning 3 ta hududi - Nishon (22,8%), G‘uzor (17,7%), Qarshi shahri (12,9%)ga to‘g‘ri keladi. Dehqonobod (5,2%), Mirishkor (3,8%), Koson (3,5%), Muborak (3,4%), Yakkabog‘ (3,3%), Qamashi (2,9%), Chiroqchi (2%), Shahrisabz (1,8%), Kitob (1,7%) tumanlari va Shahrisabz shahri (1,8%)da ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi past ulushni tashkil qilgan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati Mirishkor (141,4%), Dehqonobod (123,5%), Qarshi (118,4%), Qamashi (113,5%) tumanlarida yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan. Jumladan, eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan Nishon tumanida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi Shahrisabz shahriga nisbatan 15 baravar, Kitob tumaniga nisbatan 13,6 baravar ziyod bo‘lgan.
1-RASM. Qashqadaryo viloyatining tuman (shahar)lar kesimida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining ulushi (%da)
Viloyatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmining o‘rtacha ko‘rsatkichi 1376,7 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4%ga oshgan.
Tuman (shahar)lar kesimida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi Nishon (6725,2 ming so‘m), G‘uzor (3909,7 ming so‘m), Qarshi shahri (2140,5 ming so‘m), Kasbi (1889,1 ming so‘m), Muborak (1763,9 ming so‘m), Qarshi (1640,4 ming so‘m), Dehqonobod (1605,7 ming so‘m), Muborak (1429,1 ming so‘m) tumanlarida viloyatning o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan.
Yakkabog‘ (578,2 ming so‘m), Koson (557,9 ming so‘m), Shahrisabz shahri (498,3 ming so‘m), Qamashi (490,2 ming so‘m), Shahrisabz (376,8 ming so‘m), Kitob (290,7 ming so‘m), Chiroqchi (220,1 ming so‘m) tumanlari ko‘rsatkichi viloyat o‘rtacha ko‘rsatkichiga nisbatan sezilarli past ko‘rsatkichni qayd etgan.
Jumladan, eng yuqori ko‘rsatkich qayd qilingan Nishon tumanida jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining hajmi Chiroqchi tumaniga nisbatan 30,5 baravar ziyod bo‘lgan.
Iste’mol mollari
Viloyatda jami 832 mlrd so‘mlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102,7%) iste’mol mollari ishlab chiqarilgan bo‘lib, aholi jon boshiga nisbatan o‘rtacha ko‘rsatkichi 243,6 ming so‘mni tashkil qilgan. Jumladan, iste’mol mollari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari-503,1 mlrd so‘m, nooziq-ovqat mahsulotlari-292,7 mlrd so‘m, spirtli ichimliklar-36,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Tahlil qilingan davrda, hududlar bo‘yicha ishlab chiqarilgan iste’mol mollari hajmi o‘rtasidagi farq sezilarli darajada bo‘lgan.
Tuman (shahar)lar kesimida ishlab chiqarilgan iste’mol mollari hajmi bo‘yicha, Qarshi shahri (24,8%), Yakkabog‘ (8,9%), Shahrisabz shahri (8%), Kitob, Chiroqchi (7,1%), Koson (7,2%), tumanlarining ko‘rsatkichi viloyatning o‘rtacha ko‘rsatkichiga nisbatan yuqori bo‘lgan.
Shahrisabz (49,3 mlrd so‘m), Qarshi (47,3 mlrd so‘m), Nishon (42,3 mlrd so‘m), Qamashi (40,6 mlrd so‘m), Mirishkor (40,3 mlrd so‘m), G‘uzor (23,4 mlrd so‘m), Dehqonobod (23,3 mlrd so‘m), Kasbi (22,6 mlrd so‘m), Muborak (19,4 mlrd so‘m) tumanlarida viloyatning o‘rtacha ko‘rsatkichiga nisbatan past tendensiyani tashkil qilgan.
2-RASM. Tuman (shahar)lar kesimida ishlab chiqarilgan iste’mol mollari hajmi
Viloyatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan iste’mol mollari hajmining o‘rtacha ko‘rsatkichi 243,6 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,5%ga oshgan.
Qarshi (725,5 ming so‘m), Shahrisabz (463,6 ming so‘m) shaharlari, Mirishkor (324,3 ming so‘m), Yakkabog‘ (271,8 ming so‘m), Nishon (265,2 ming so‘m) tumanlarida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan iste’mol mollari viloyatning o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori ulushni tashkil qilgan.
Shahrisabz (216,6 ming so‘m), Kitob (216,3 ming so‘m), Muborak (214,4 ming so‘m), Koson (199,7 ming so‘m), Qarshi (182 ming so‘m), Dehqonobod (151,6 ming so‘m), Qamashi (144,2 ming so‘m), Chiroqchi (135,6 ming so‘m), Kasbi (110,8 ming so‘m), G‘uzor (109,9 ming so‘m) tumanlari jon boshiga ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari hajmi bo‘yicha viloyat o‘rtachasidan past ko‘rsatkichni tashkil qilgan.
Furqat Islomov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi
Qashqadaryo filiali yetakchi ilmiy xodimi
Izoh qoldirish