Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Andijonda davom ettirmoqda

Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Andijonda davom ettirmoqda

Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida qator amaliy ishlar bajarildi. Jumladan, aholiga qo‘shimcha 223 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Hududda gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida Andijon shahri “Yangi hayot” mahallasidagi 1 350 ta aholi xonadonlariga tabiiy gaz yetkazib beruvchi uzunligi 450 metr gaz quvuri joriy ta’mirlanib, tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.

Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 52 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatish ishlari bajarildi. Jumladan, Oltinko‘l tumanida 26 dona, Izboskan tumanida 10 dona, Buloqboshi va Jalaquduq tumanlarida 8 donadan tayanch ustunlar o‘rnatildi.

Ichimlik suvini yaxshilash borasida hududda 1 kilometrga yaqin ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. Andijon tumani “Naymanobod” mahallasida joylashgan ichimlik suv qudug‘i kompressor orqali tozlanib aholiga ichimlik suv yetkazib berilishi tiklandi. Jalaquduq tumani “Beshtol” mahallasida joylashgan ichimlik suv qudug‘idagi nasos joriy ta’mirlanib ishga tushirildi. Paxtaobod tumani “Sohil” mahallasida ichimlik suv tarmog‘ini mukkamal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Kommunal xo‘jaligi sohasini yaxshilash borasida Bo‘ston tumani “Do‘stlik” mahallasi Mustaqillik ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning fasad qismi va kirish yo‘laklari ta’mirlash ishlari hamda harakat datchikli yoritish chiroqlari va o‘rindiqlar o‘rnatildi.

Aholini sog‘lig‘ini muxofaza qilish masalalari ham Respublika ishchi guruhi e’tibori markazida bo‘ldi. Xususan, Andijon shahrida maqsadli tibbiy ko‘rik tashkil etilib, ko‘rik davomida 364 nafar fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan, tibbiy ko‘rik jarayonida 218 nafar fuqarolarda turli kasalliklar aniqlandi. Tibbiy ko‘riklarda kasallik aniqlangan 202 nafar bemorlarga ambulator sharoitda davolanishga tavsiya berildi, 16 nafar bemorlarga shahar va viloyat muassasalarida davolanishga muhtoj deb topilib, davolanish va diagnostika uchun yo‘llanma berildi. Uy sharoitida davolanishga muhtoj 103 nafar bemorga bepul dori darmonlar berildi.

Viloyatda tadbirkorlikni rivojalantrish, aholini ish bilan ta’minlash maqsadida tijorat banklari tomonidan 519 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlariga 103,0 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi ta’minlandi.

Shuningdek, Jalaquduq tumanida 63 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida 5 724 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftariga kiritilgan bo‘lib, joriy yilning bugungi kun holatiga 4 523 nafariga amaliy yordam ko‘rsatilgan. Jumladan, Olmazor mahallasida yashovchi, ijtimoiy yordamga muhtoj, 1-guruh nogironi Turg‘unova Gulnora Abdug‘afforovnaning holidan xabar olinib, unga murojaatiga asosan nogironlik aravachasi yetkazib berildi. Yoki “A.Raxmonov” mahallasi Shodlik ko‘chasida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan, 1-guruh nogironi Alimjonova Sojidaxon Sultonovnaga ham uning murojaatiga asosan nogironlik aravachasi yetkazib berildi.

Ishlar davom etmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar