Guruh tarkibiga 19 ta vazirlik va idoralar, viloyat, tuman sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari kiritilib, joylarda “tezkor shtablar” tuzildi.
Faoliyat avvalida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari sektor rahbarlari hamda mas’ullar uchun “mahallabay” yurib, uyma-uy ishlash bo‘yicha maxsus o‘quv-seminarlari tashkil etildi.
Respublika ishchi guruhi “Oqqo‘rg‘on tajribasi” asosida tumanlarda aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda “xonadonbay” kesimida ish olib borilmoqda.
Xo‘sh, o‘tgan uch kun davomida ishchi guruh faoliyatida qanday natijalar bo‘ldi?
Qamashi tumanida 60 ta mahallada 52 357 ta xonadon va 1 171 ta ijtimoiy soha va boshqa ob’yektlarda o‘rganish olib borildi.
Aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida qator amaliy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, uch kun davomida 45,7 km mahalla ichki yo‘llar shag‘allashtirildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 3 ta yangi transformator o‘rnatildi, eskilari ta’mirlandi, 1,2 km elektr simlar yangisiga almashtirildi, 40 dona beton ustunlar o‘rnatildi.
Ichimlik suvi masalasida 1 243 ta aholi xonadonlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 10,9 km suv quvurini yotqizish ishlari boshlandi. 1405 dan ortiq aholi xonadonlariga 374 tonna bepul ko‘mir tarqatildi.
770 nafar fuqarolarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashildi. Jumladan, 416 nafar ishsiz fuqarolar doimiy ishga joylashtirildi, 146 nafari kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirildi, 208 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilishi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 79 nafar tadbirkor va fuqarolarga 2,3 mlrd. so‘m kredit mablag‘i, xususan, 70 nafar talabalarga 580 mln. so‘m ta’lim krediti ajratildi. 81 nafar ishsiz fuqarolarga 261 mln. so‘mlik asbob-uskuna (tikuv mashinasi, pishiriq pechi) yetkazib berildi. 4 nafar fuqaroning uy-joyini ta’mirlash ishlari boshlandi.
Bandixon tumanida ham qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. 22 ta mahallada 15 100 ta xonadon, 2 589 ta ijtimoiy soha va boshqa ob’yektlar to‘liq o‘rganildi.
Natijada, 73,2 km ichki yo‘llar shag‘allashtirildi, 3,5 km yo‘llarga to‘kilgan shag‘al tekislandi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, 1 dona yangi transformator, 153 ta temir beton tayanchlar o‘rnatildi, 2,2 km tarmoq tortish ishlari, 12 ta transformator punktlarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Aholiga 158,4 tonna ko‘mir yetkazildi, kam ta’minlangan oilalarga 51 tonna ko‘mir bepul tarqatildi. Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida “Bandixon”, “Chinor”, “Birdamlik” mahallalariga 6,3 km tarmoq tortish ishlari boshlandi.
Umumta’lim maktablarining isitish tizimlari ko‘rikdan o‘tkazilib, 10 ta maktabga 22 ta isitish qozonlari o‘rnatildi, 8 tasida isitish tizimi ta’mirlandi. 3 ta umumta’lim maktablariga quyosh panellari o‘rnatildi.
Xatlov jarayonida 26 nafar yoshlarning yashash sharoiti og‘irligi, bir qator muammolari borligi aniqlangan bo‘lib, 18 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritildi. 10 nafariga turli yordamlar ko‘rsatildi.
“Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida tavsiyalar asosida 44 nafar fuqaroga 1,3 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. 117 nafar fuqarolarga 401 mln. so‘mlik 9 turdagi (to‘g‘ri chokli va overlok tikuv mashinalari, motokultivator, payvandlash uskunasi, mikser, elektr pech, gilam to‘qish uskunasi, kompyuter jamlanmasi, issiqxona) mahsulotlar subsidiya asosida berildi. 137 nafar fuqarolarning bandligiga ko‘maklashildi. Shundan, 78 nafari doimiy ish bilan ta’minlandi, 26 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi, 18 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi, 15 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.
“Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasidan 231 nafar ehtiyojmand oilalarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi. O‘ta og‘ir sharoitdagi 10 nafar oila uchun uy-joy qurilishi boshlandi, 4 nafar oilaning uy-joylari ta’mirlanmoqda
Ishlar davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish