Energiya samaradorligi milliy agentligi Global ESCO Network tashkilotining to‘laqonli a’zoligiga qabul qilindi

Energiya samaradorligi milliy agentligi Global ESCO Network tashkilotining to‘laqonli a’zoligiga qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi energiya samaradorligini oshirish va “yashil” rivojlanishni ta’minlash sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida, BMT huzuridagi UNEP Copenhagen Climate Centre hamda Samaradorlikni baholash tashkiloti – Efficiency Valuation Organization (EVO) hamkorligida faoliyat yurituvchi Global ESCO Network tarmog‘iga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilindi.

Ushbu tarixiy qadam bilan O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida Global ESCO Network tashkilotiga a’zo bo‘lgan birinchi davlatga aylandi. Bu esa mamlakatimizning mintaqaviy darajada energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan oqilona foydalanish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash borasidagi yetakchilik salohiyatini yanada mustahkamlaydi.

A’zolikning asosiy afzalliklaridan biri jahon amaliyoti asosida ESCO modelini qonunchilik va davlat siyosatiga joriy etish imkoniyati orttiriladi.

Ma’lumot uchun, Global ESCO Network — jahon miqyosida ESCO modelini targ‘ib qilish va siyosiy yo‘nalishlarini belgilashda Hukumatlar va moliyaviy institutlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tarmoq hisoblanadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar