Ushbu maqsadda Prezident maslahatchisi o‘rinbosari boshchiligida tezkor shtab va viloyatning 4 ta sektori kesimida ishchi guruhlar tashkil etildi. Har bir ishchi guruh tarkibiga Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimlari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining mas’ul xodimlari, 15 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etildi.
Ishchi guruhlar tomonidan viloyatning 16 ta tuman va shaharlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og‘ir bo‘lgan mahallalarda xonadonbay yurish orqali aholi uchun dolzarb muammolar o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
O‘rganishlar natijalari bo‘yicha viloyatda aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan qator muammolar aniqlandi. Jumladan, ko‘p qavatli uy-joylarning kommunal sohasi bilan bog‘liq masalalar, elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar, ichki yo‘l va ko‘priklar holati hamda ijtimoiy soha ob’yektlari holati.
Hududda aholi uchun dolzarb bo‘lib turgan muammolarni hal etish bo‘yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida jami 13,7 km ichki yo‘llarga asfalt qoplamasi va betonlash ishlari bajarildi. Masalan, Buloqboshi tumani “Guliston” mahallasida 1,7 km va “Chaqar” mahallasida 1,4 km, Marhamat tumani “Shahriston” mahallasida 1,2 km, Oltinko‘l tumani “Mehnat” mahallasida 1,2 km, “Qo‘shko‘prik” va “Bo‘ston” mahallalarida 1 kmdan asfalt yotqizish va betonlash ishlari bajarildi.
Aholi ehtiyojidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha 470 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Shuningdek, hududda gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida Oltinko‘l tumani “Uyshin” mahallasi xududidan o‘tgan 410 ta aholi xonadonlariga tabiiy gaz yetkazib beruvchi quvurning 1500 metri ta’mirlanib, tartibga keltirildi. Yoki Izboskan tumani “Daminboychek” mahallasidan o‘tgan 2350 ta aholi xonadonlarga tabiiy gaz yetkazib beruvchi 2400 metr gaz quvuri ham sozlandi.
Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 70 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatish ishlari bajarildi. Jumladan, Oltinko‘l tumanida 26 dona, Jalaquduq tumanida 18 dona, Izboskan tumanida 17 dona va Buloqboshi tumanlarida 8 dona tayanch ustunlar o‘rnatildi.
Ichimlik suvini yaxshilash borasida hududda 3 280 metr ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. Jumladan, Jalaquduq tumani “Namana” mahallasiga 500 metr, Qo‘rg‘ontepa tumani “Qutkar” mahallasida 350 metr, “Dehqonobod” mahallasida 300 metr, Shahrixon tumani “Yangi turmush” mahallasida 300 metr, Asaka tumani “Ko‘rkam” mahallasiga 250 metr, Jalaquduq tumani “G‘ozicheki” mahallasiga 250 metr, “Qorayantoq” mahallasiga 120 metr va Oltinko‘l tumani “Namuna” mahallasiga 160 metr ichimlik suv tarmoqlari tortildi. Shuningdek, Shahrixon tumani “Yangi turmush” mahallasida 1 dona nazorat quduqlarini o‘rnatish ishlari olib borildi. Yoki Asaka tumani “Hamdo‘stlik” mahallasida ichimlik suv qudug‘ini burug‘lash ishlari amalga oshilmoqda.
Kommunal xo‘jaligi sohasini yaxshilash borasida Jalaquduq tumani “Navoiy” mahallasidagi 32-sonli ko‘p qavatli uyning oqova suv tarmog‘ini yangi tarmoqqa ushlash ishlari bajarilmoqda. Yoki Andijon shahri “Shifokor” mahallasidagi, 1-2-3-sonli ko‘p qavatli uylarning yerto‘la qismidagi oqova suv tarmog‘ida aniqlangan nosozlik bartaraf etildi.
Kredit va subsidiya ajratish, bandlik masalalari ham Respublika ishchi guruhi e’tibori markazida bo‘ldi.
Xususan, tijorat banklari tomonidan 1 214 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlariga 123,9 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi ta’minlandi. Shundan, sanoat yo‘nalishida 2 taga 2 960,0 mln. so‘m, oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishida 443 taga 10 044,0 mln. so‘m, mikroqarz yo‘nalishida 688 taga 10 472,0 mln. so‘m, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 14 taga 87,764 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.
Shuningdek, Asaka tumanida 77 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida 9 409 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftariga” kiritilgan bo‘lib, joriy yilning bugungi kun holatiga 7 315 nafariga (78%) amaliy yordam ko‘rsatilgan. Jumladan, “Gumbaz” mahallasida yashovchi, 1942 yilda tug‘ilgan Sobirov Ortiqali bobo va keksa onaxon Sobirova Inobatxon oilasidan xabar olinib, oilaga oziq-ovqat mahsulotlari berildi hamda murojaatiga asosan I.Sobirovaga nogironlik aravachasi ham yetkazib berildi. Yoki “Ganjayuz” mahallasida yashovchi, 1944 yilda tug‘ilgan Abduraxmonov Jo‘ravoy bobo va uning turmush o‘rtog‘i 1946 yilda tug‘ilgan Abduraxmonova Patilaxonning oilasidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Murojaatlariga asosan Abduraxmonov Jo‘ravoy nogironlik aravachasi bilan ham ta’minlandi.
Ishlar davom etmoqda.
Izoh qoldirish