Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozoridagi faollikni muntazam ravishda monitoring qilib boradi.
2026 yilda ko‘chmas mulk bozorida faollik sezilarli darajada oshdi. Mart oyidagi yuqori ko‘rsatkichdan keyin aprel–may oylarida kuzatilgan tuzatishdan so‘ng, iyun oyida bitimlar soni yana o‘sib, 2025 yil iyun oyiga nisbatan 20,4 foizga, 2024 yil iyun oyiga nisbatan esa 24,9 foizga yuqori bo‘ldi.
2026 yil iyun oyida ko‘chmas mulk bozoridagi faollik
Joriy yilning iyun oyida ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni 25 mingtadan oshib, o‘tgan oyga nisbatan 23 foizga ko‘paydi.
Faollikning o‘sishi respublikaning barcha hududlarida bitimlar sonining ortishi bilan kuzatildi.
Hududlar kesimida
Joriy yilning may oyiga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’atlari Buxoro (50,1%), Navoiy (41,5%) va Samarqand (31,8%) viloyatlarida qayd etildi.
Nisbatan mo‘’tadil o‘sish sur’atlari Andijon (17,9%), Toshkent (12,2%) va Xorazm (0,9%) viloyatlarida kuzatildi.

Yillik hisobda eng yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent shahrida (35,7%), Sirdaryo (26,9%) va Navoiy (26,3%) viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida (23,3%) qayd etildi.
Nisbatan mo‘’tadil o‘sish Jizzax (5,7%), Farg‘ona (3,6%) va Toshkent (3,3%) viloyatlarida kuzatildi.
2026 yil birinchi yarim yilligida ko‘chmas mulk bozoridagi faollik
2026 yil birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari umumiy soni 171 mingtadan oshib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,3 foizga ko‘paydi. Absolyut hisobda o‘sish 34,5 mingta bitimni tashkil etdi.
Hududlar kesimida
Tahlil qilingan davrda respublikaning barcha hududlarida ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni oshdi.

Eng yuqori o‘sish sur’atlari Sirdaryo viloyatida (36,4%), Toshkent shahrida (34,9%) va Navoiy viloyatida (30%) qayd etildi.
O‘sish sur’atlari nisbatan mo‘’tadil bo‘lgan hududlar qatoriga Xorazm (16,7%), Buxoro (15,4%) va Farg‘ona (12,1%) viloyatlari kirdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar sektori
Izoh qoldirish