2020 yilda O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi 2,66 million so‘mni tashkil etdi

2020 yilda O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi 2,66 million so‘mni tashkil etdi

2020 yilda aholining umumiy daromadlari 401,5 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Aholi umumiy daromadlarning nominal o‘sishi 15,9 foiz, real (iste’mol narxlari indeksini inobatga olganda) o‘sishi esa 2,6 foizni tashkil etdi.

2020 yilda aholi jon boshiga umumiy daromadlari 11,7 mln so‘mni tashkil etib, 2019 yilga nisbatan 13,7 foizga o‘sdi (real o‘sish 0,7%). 2019 yilda ushbu ko‘rsatkichning real o‘sishi 5 foizni tashkil qilgan.

2020 yilning o‘n ikki oy davomida aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi Toshkent shahrida (23,6 mln so‘m) hamda Navoiy (19,2 mln so‘m), Buxoro (14,5 mln so‘m), Toshkent (12,6 mln so‘m) va Xorazm (12 mln so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilganligi kuzatildi.

Ushbu davr mobaynida aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi eng quyi ko‘rsatkichlari Farg‘ona (8,7 mln so‘m) hamda Namangan (9 mln so‘m) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (9,2 mln so‘m) qayd etildi.

Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o‘sishi Navoiy viloyati (6,0%), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (4,0%), Samarqand (3,7%) va Toshkent (3,4%) viloyatlarida kuzatildi.

Aholining umumiy daromadlari hajmini sezilarli darajada o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 69,3% ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar) va 25,5% ni tashkil etuvchi transfertlardan (pensiya, nafaqa, stipendiya) olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

Mol-mulkdan olingan daromadlarning umiy hajmi 12,2 trln so‘mni tashkil etib, umumiy daromadlar tarkibidagi ulushi 3 foizga yetdi. Shundan — 20,1 foizi foizlar va mualliflik haqi, 35,1 foizi dividendlar, 44,8 foizi boshqa mulkiy daromadlarga to‘g‘ri keladi.

Ish haqining o‘sishi

2020 yilda respublika bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 2,66 mln so‘mni tashkil etib, 2019 yilga nisbatan 14,8 foizga o‘sdi. O‘zbekiston bo‘yicha eng yuqori ish haqi Toshkent shahri (3,99 mln so‘m), hamda Navoiy (3,5 mln) va Toshkent (2,87 mln so‘m) viloyatlarida qayt etilgan.

O‘tgan yil davomida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagi o‘rtacha oylik ish haqi shakllandi:

Iqtisodiy faoliyat turi O‘rtacha oylik ish haqi, mln so‘m O‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’ati, % Ushbu sohada ishlayotganlarning davlat bo‘yicha jami xodimlar soniga nisbati, % Respublika bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Respublika bo‘yicha eng quyi ko‘rsatkich
1 Sanoat 3,68 38,1 18,2 Navoiy Namangan
2 Qurilish 3,21 20,4 2,2 Navoiy Jizzax
3 Savdo 2,75 3 2,2 Toshkent shahri Samarqand
4 Tashish va saqlash 3,41 27,7 4,5 Xorazm Jizzax
5 Axborot va aloqa 4,37 63,8 1,2 Toshkent shahri Toshkent
6 Moliyaviy va sug‘urta faoliyati 6,23 133,6 2,3 Toshkent shahri Surxondaryo
7 Ta’lim 1,98 -25,6 36,8 Toshkent shahri Qashqardaryo
8 Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish 1,80 -32,2 16,8 Buxoro Qashqardaryo
9 Boshqa faoliyat turlari 2,67 0,2 15,8

Izoh: Statistikada yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning (mehnat daftarchalari mavjud bo‘lgan) ma’lumotlari inobatga olingan.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar