O‘rta biznesga QQS bo‘yicha imtiyoz taqdim etilmaydi

O‘rta biznesga QQS bo‘yicha imtiyoz taqdim etilmaydi

Ilgari xabar qilganimizdek, QHTBT portalida Prezidentning «O‘rta biznesni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilingan edi. Shu kunlar ichida bildirilgan fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda Soliq kodeksining yangi tahririga ko‘ra tuzatish kiritilgan loyiha portalda e’lon qilindi.

Xususan, moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonovning fikricha, QQS zanjirini to‘laqonli ta’minlash uchun uni barcha ishtirokchilar to‘lashi zarur, chunki uzilish keyingi bo‘g‘inning soliq yukini oshiradi. Ushbu bo‘g‘in korxonalari uchun QQS «oborot solig‘i»ga aylanib qoladi.

Qaror loyihasining yangi tahririda «Kichik biznes sub’yektlariga taqdim etiladigan barcha imtiyozlar o‘rta biznesga ham qo‘llaniladi. Yillik oboroti 1 mlrd so‘mdan 3 mlrd so‘mgacha bo‘lgan o‘rta biznes sub’yektlari QQS to‘lashdan ozod etiladi» degan band chiqarib tashlangan.

Shu tariqa, qaror loyihasiga muvofiq o‘rta biznesga imtiyoz, shu jumladan QQS bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilmaydi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar