Moliya vazirligi tomonidan 2022 yil uchun byudjetnomasi taqdim qilindi. Unda 2022 va keyingi yillar uchun soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari keltirilgan.
2022 yilda quyidagi asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldiriladi:
- qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi – 15 foiz;
- foyda solig‘i stavkasi – 15 foiz;
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi – 12 foiz;
- aylanmadan olinadigan soliqning bazaviy stavkasi – 4 foiz;
- dividendlar ko‘rinishidagi daromadlardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi – 5 foiz;
- qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orishda belgilangan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 40 so‘m, shu jumladan soliq stavkasiga suv yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazib berilgan suv hajmi xarajatlarini qoplash uchun 1,05 koeffitsiyent qo‘llashni saqlab qolish;
- qishloq xo‘jaligi korxonalari yer solig‘i qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan belgilangan 0,95 foiz soliq stavkasi saqlab qolinadi.
Shu bilan birgalikda, 2023 yil 1 yanvardan boshlab:
- qo‘shilgan qiymat solig‘i 15 foizdan 12 foizga;
- mobil aloqa xizmatlariga aksiz solig‘i stavkasi 15 foizdan 10 foizga;
- bank, mobil aloqa operatorlari va bozorlar va savdo komplekslari uchun belgilangan foyda solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga pasaytiriladi.
Bunda qat’iy miqdorda belgilangan aksiz, yer solig‘i, mol-mulk, suv solig‘i stavkalari inflyasiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda indeksatsiyasi qilinadi.
Izoh qoldirish