Ruslanbek Davletov: Harakatlar strategiyasining vazifalarini amalga oshirish uchun 31 mlrd dollar yo‘naltirilgan

Ruslanbek Davletov: Harakatlar strategiyasining vazifalarini amalga oshirish uchun 31 mlrd dollar yo‘naltirilgan

5 oktyabr kuni «O‘zbekiston: besh yil ichidagi jadal islohotlar» xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishida belgilangan vazifalar, so‘nggi yillarda qabul qilingan qonun, qaror, farmon va hukumat qarori qabul qilingani haqida so‘zladi.

“Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun 2017−2021 yillarda 5 ta davlat dasturi qabul qilinib, 114 trln so‘m va salkam 31 mlrd AQSh dollari yo‘naltirilgan.

Shuningdek, so‘nggi 5 yilda Harakatlar strategiyasini ro‘yobga chiqarish uchun 311 ta qonun - uning 80 ta qonuni yaxlit yangi qonunlar, 2000 ga yaqin O‘zbekiston prezidentining farmon va qarorlari hamda 3000 dan ziyod Hukumat qarorlari qabul qilindi”, dedi Ruslanbek Davletov.

Hisobot davrida:

- davlat organlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga qaratilgan 3 ta muhim qonun qabul qilingan;

- Davlat xizmatlari agentligi hamda davlat xizmatlari markazlari va ularning 115 ta filiallari tashkil etilib, ular orqali 1 yilda o‘rtacha 12 mln xizmat ko‘rsatilmoqda;

- Davlat xizmatchilarining professional korpusini yaratish maqsadida — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil etildi;

- Elektron hukumat tizimini takomillashtirish, boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish va ushbu sohada uzoq muddatga mo‘ljallangan keng ko‘lamli chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirish maqsadida «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasi qabul qilindi;

- Davlat-hokimiyat vakolatlari berilgan va samarasiz deb topilgan 110 ta idoralararo kollegial organlarning faoliyati tugatildi;

- «Ochiq byudjet» portali ishga tushirildi va u orqali hozirga qadar 12 mingdan ortiq ma’lumotlar ochiqlangan.

Anjumanda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimi («E-qaror») joriy qilingani ham qayd etildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar