Ruslanbek Davletov va Akmal Burxonov yoshlar forumida ochiq muloqot o‘tkazadi

Ruslanbek Davletov va Akmal Burxonov yoshlar forumida ochiq muloqot o‘tkazadi

Joriy yilning 18 dekabr kuni “Tashkent City Congress Hall”da «Toshkent yoshlar forumi – 2020» ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Birinchi kun dasturi doirasida hukumat vakillari va yoshlar ishtirokida bir qator ochiq muloqotlar o‘tkaziladi.

Jumladan, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Akmal Burxonov ishtirokida “Huquqiy Toshkent − 2030” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.

Unda yig‘ilganlar yaqin kelajakda Toshkentning adliya, davlat xizmatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan rejalar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashadilar. Vazirlar ishtirokidagi uchrashuv 18 dekabr kuni “Tashkent City Congress Hall”ning “Ko‘kcha Darvoza” zalida soat 14:30 da boshlanadi.

Toshkent shahar hokimligi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida o‘tkazilayotgan yirik tadbir doirasida hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, san’at va madaniyat vakillari, xorijiy ekspertlar ishtirokida tashkil qilinayotgan forumda ilk marta hukumat a’zolari bilan yoshlarning uchrashuvi o‘tkazilib, ular o‘zaro ochiq muloqotga kirishishadi. Ushbu muloqotlarda 5 ming nafarga yaqin yoshlar o‘z sohalarida taklif va taqdimotlar bilan ishtirok etishadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar