"Shaffoflik islohotlarni ilgari suruvchi asosiy tamoyillardandir. Yangi talqindagi “Ochiq byudjet” #OB portali mablag‘larning sarflanishi ustidan nafaqat parlament va jamoatchilik nazoratini, balki fuqarolarning byudjet mablag‘larini ishlatilishidagi ishtirokini oshirishga xizmat qiladi.
Fuqarolarning jamiyatimiz uchun hududlardagi xayrli va dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda ushbu portal munosib xizmat qiladi, deb umid qilamiz.
Yoshlar, faollar! Yashab turgan shahringiz yoki mahallangizni obodonlashtirish bo‘yicha qanday takliflaringiz bor? Fikrlaringizni do‘stlaringiz va qo‘shnilaringiz qo‘llab-quvvatlaydimi?
Loyihangizni “Tashabbusli byudjet” orqali amalga oshiring.
Hozirda portalga sakkiz mingdan ziyod tashabbuslar kelib tushgan. “Tashabbusli byudjet” fuqarolarga o‘zi istiqomat qilayotgan hududlardagi mavjud qiyin masalalarni hal etish imkoniyatini taqdim etadi.
Buning uchun 157 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lib, yechim topish mumkin bo‘lgan vaziyatlarda sizning ovoz va takliflaringiz muhimdir. Bir misol bilan bo‘lishsam, Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, Do‘stlik mahallasi aholisi suvsizlikdan qiynalar edi. Mahalla faollari #OB portaliga o‘z tashabbuslarini yozib qoldirdilar va ushbu taklif eng ko‘p ovoz to‘pladi. Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘ evaziga suv ta’minoti yo‘lga qo‘yildi.
Shunday xayrli tashabbuslarda faol bo‘ling, ochiq byudjet sari tashabbusingiz sabab atrofimizda esda qolarli va barcha uchun foydali loyihalar bilan iz qoldirish imkonini boy bermang", deb yozmoqda Tvitterdagi sahifasida Timur Ishmetov.
Izoh qoldirish