Payariq tumanida 1 ta oliy ta’lim muassasasi filiali, 1 ta kasb-hunar kolleji hamda 3 ta kasb-hunar maktabi faoliyat yuritib, mazkur ta’lim dargohlarida 2 268 nafar turli sohalar bo‘yicha mutaxassisliklar tayyorlanmoqda.
Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti Payariq tumani filialida 2022-2023 o‘quv yilida jami 25 nafar o‘qituvchi va xodimlar mavjud bo‘lib, pedagog kadrlardan 1 nafari professor, 2 nafari katta o‘qituvchi va 8 nafari stajyor o‘qituvchi hisoblanadi. Bugungi kunda fakultetda 2 ta yo‘nalish (xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) hamda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim (ingliz tili) bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Joriy o‘quv yilida mazkur yo‘nalishlarda 200 nafarga yaqin xorijiy til bo‘yicha pedagoglar tahsil oladi.
Shuningdek, Payariq tibbiyot kollejida jami 89 nafar o‘qituvchi va xodimlar, shundan 38 nafar asosiy o‘qituvchi pedogoglar, 6 nafari ichki o‘rindosh o‘qituvchi-pedagoglar hamda 22 nafari tashqi o‘rindosh o‘qituvchi pedagog xodimlar faoliyat yuritadi. Ushbu pedagog kadrlardan 1 nafari bosh o‘qituvchi, 4 nafari yetakchi o‘qituvchi va 12 nafari katta o‘qituvchi toifasidagi o‘qituvchilar xisoblanadi. Bugungi kunda ta’lim dargohida 4 ta yo‘nalishi, ya’ni hamshiralik ishi yo‘nalishida 397 nafar, feldsherlik ishi yo‘nalishida 256 nafar, farmatsevtika ishi yo‘nalishida 63 nafar, jami 716 nafar o‘rta professional kichik tibbiyot xodimlari tayyorlanmoqda.
Bundan tashqari, tumandagi 1-, 2- va 3-sonli kasb-hunar maktablarida 2022-2023 o‘quv yilida 291 nafar o‘qituvchi va pedagog xodimlar faoliyat yuritadi va qo‘yidagi yo‘nalishlar bo‘yicha jami 1 292 nafar mutaxassislar tayyorlanmoqda:
- avtomobil shassisiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash mutaxassisligida 482 nafar;
- traktorchi-mashinist 331 nafar;
- tikuvchilikda 269 nafar;
- avtomobil ta’mirlash chilangari 355 nafar;
- avtomobil elektr va elektron jihozlariga xizmat ko‘rsatish mutaxassisligi bo‘yicha 210 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda.
Izoh qoldirish